Artur Yunusov: "Vazifamiz - finalgacha borish"
06 may 2014 16:00
Yangiliklar
Artur Yunusov: "Vazifamiz - finalgacha borish"
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Vetnamda futzal bo'yicha Osiyo CHempionati davom etmoqda.
"D" guruhidan o'rin olgan O'zbekiston futzal terma jamoasi bu bosqichdagi o'yinlarni mag'lubiyatsiz yakunlab, 1-o'yin bilan guruhdan chiqishni uddaladi. Dastavval Qirg'iziston bilan o'yinda 2:2 hisobidagi durang qayd chempionatni boshlagan hamyurtlarimiz keyingi o'yinda Osiyoning kuchli terma jamoalaridan biri hisoblangan Yaponiyaga qarshi o'ynab 2:1 hisobida ustun keldi. Bu O'zbekiston futzalchilarining Yaponiya ustidan qozongan ilk g'alabasi edi. Ushbu g'alabada "Lokomotiv" futzalchilarining o'rni ham beqiyos bo'ldi.
O'zbekistonning har ikki goliga ham "Temiryo'lchilar" mualliflik qildi. Avvaliga Andrey SHlyoma o'zini ko'rsatgan bo'lsa, o'yin nihoyasida Artur Yunusov termamiz g'alabasini taminladi. Guruh bosqichidagi so'nggi uchrashuvda Janubiy Koreyaga qarshi parterga chiqqan O'zbeiston terma jamoasi azolari 3:0 hisobida raqibni engdi. Etiborli jihati bu safar ham gollardan ikkitasini "Loko" futzalchilari kiritdi.
O'tkazilgan uchrashuvlar va umuman musobaqa haqidagi fikrlarini bilish uchun biz Artur Yunusov bilan qisqa suhbat uyushtirdik.
- Artur, musobaqa qanday o'tyapti? Tashkiliy ishlar yaxshi yo'lga qo'yilganmi? Muhit qanday?
- CHempionat ajoyib o'tyapti. Tashkiliy ishlar juda yuqori darajada yo'lga qo'yilgan. Hammasi yaxshi saviyada. Buning hayron qolarli tomoni ham yo'q. CHunki Vetnam bunday musobaqalarni birinchi marta o'tkazishi emas. Ularda bu borada tajriba katta. CHempionat atrofidagi muhit ham zo'r. Faqat birgina muammo bor: juda va juda issiq. Ayniqsa o'yinlar o'tkazilayotgan sport majmualari ichi. Kondicionerlar ham yordam bermayapti o'yin vaqtida.
- Artur, mana sen va Andrey SHlyoma kiritgan gollar futzalimiz tarixidagi Yaponiya ustidan Osiyo chempionatlaridagi ilk g'alabamizni taminlab berdi. O'yindan keyingini hissiyotlarning haqida gapirib ber.
- O! Hissiyotlarning cheki bo'lmadi u o'yindan keyin! Ehtiroslarimiz ichimizga sig'may ketdi. SHu qadar xursand edikki, uni hozir so'zlar bilan ifodalab ham bo'lmaydi. Yaponiya terma jamoasi ustidan birinchi g'alabaga erisha olganmizdan faxrlanamiz va bu yanada quvonch bag'ishlaydi.
- Keyingi o'yinda Livan ustudan g'alaba qozonilsa, bu - "Lokomotiv"ning Osiyo CHempionlar Ligasidagi ishtirokini taminlaydi. SHu narsa ham "Loko" futzalchilariga qo'shimcha motivaciya beryaptimi?
- Albatta! Bu qo'shimcha motivaciya. Agar CHempionlar Ligasiga chiqmay qolib ketsak alam qiladi. Axir biz bu yo'lda ikki yil mehnat qildik. Hozir esa bu vazifani bajarish va nihoyat CHempionlar Ligasida ishtirok etish imkoni bor. SHuningdek, "Lokomotiv" o'yinchilari eng muhim gollarni kiritayotgani xursand qiladi.
- Terma jamoa ushbu musobaqada o'z oldiga qanday vazifa qo'ygan?
- Vazifamiz - finalga qalar etib borish. uni uddalashga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Biroq bu ishni amalga oshirish oson bo'lmasligi ham tushunarli. Buyog'iga faqat kuchli raqiblar qoldi. Hammasi ham finalgacha etib borish va chempionat g'olibi bo'lishga intiladi.
- Artur, sen va terma jamoaga keyingi o'yinlarda ham muvaffaqiyat tilaymiz!
- Rahmat! SHu o'rinda bizni qo'llab-quvvatlab turgan, bizga muxlislik qilayotgan barchaga minnatdorchilik bildirib o'tmoqchiman.
Abror Qodirov suhbatlashdi.

Fikrlar