Artur Yunusov: "Rikardinoga qarshi o'ynashni istagan edim"
20 may 2016 13:29
Yangiliklar
Artur Yunusov: "Rikardinoga qarshi o'ynashni istagan edim"
Futzal bo'yicha Jahon chempionatiga tashlangan quradan so'ng O'zbekiston terma jamoasi Kolumbiya, Portugaliya va Panama bilan birga "A" guruhidan o'rin oldi.
Terma jamoamiz sardori Artur Yunusovning qura haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
"Muhimi "o'lim guruhi"ga tushmadik, bundan ham xavfliroq raqiblar tushishi mumkin edi. Portugaliya juda kuchli jamoa, o'zim Rikardinoga qarshi o'ynashni istagan edim, mana qura buni ro'yobga chiqardi. Kolumbiya musobaqa mezboni, ularning o'yin uslubi Janubiy Amerikadagi boshqa jamoalar singari yuqori texnikaga asoslangan. Panama haqida esa hech narsa bilmayman. Ularning o'yinlarini internet orqali ko'rib chiqish kerak", - deb aytib o'tdi Yunusov.
Fikrlar