So’nggi yangiliklar

22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  3 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 21:35"Манчестер Сити" — "Тоттенхэм". Холанд ва Сон Хён Мин асосий таркибда  0 21:10"Милан" — "Ювентус". Таркиблар маълум  6 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  5 20:13"Ланс" — "Марсель". Ҳусанов дисквалификация сабаб ўйинни ўтказиб юборади  3 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  2 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0

Artur YUNUSOV: "Osiyo chempioni bo'lishni kim ham istamaydi?" Yangiliklar

Artur YUNUSOV: "Osiyo chempioni bo'lishni kim ham istamaydi?"

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi ayni kunlarda Xitoyda bo'lib turibdi. Osiyo chempionatiga so'nggi tayyorgarlik jarayoni aynan CHin yurtida o'tkazilmoqda.
U erda Bahodir Ahmedov shogirdlari Xitoy terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi. Qita chempionatiga 30 apreldan 10 mayga qadar Vetnam davlati mezbonlik qiladi. Iqlim sharoiti Vetnamga ancha yaqin bo'lgani uchun aynan Xitoy varianti tanlangan edi. Cafar oldidan Toshkentda bir haftalik o'quv-mashg'ulot yig'ini hamda uning doirasida Eron terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlari ham tashkil etildi. Har ikki uchrashuvda ham qita futzali bayroqdorlari yirik hisobda g'alaba qozonishdi. Takidlash joiz, terma jamoamiz Osiyo chempionatida Qirg'iziston, Yaponiya va Janubiy Koreya termalari bilan bir guruhdan joy olgan. Biz safar oldidan terma jamoa etakchi futzalchilaridan biri Artur Yunusovdan intervyu oldik.

- Artur, suhbatimiz avvalida Eron terma jamoasiga qarshi o'tkazilgan ikki o'yin haqidagi fikringiz bilan o'rtoqlashsangiz.

- Ikkinchi o'yindan boshlasam. Bu uchrashuv biz xohlagan scenariy ostida o'tmadi. To'p nazoratini qo'lga ola bilmadik. Aksincha, uni tez-tez yo'qotib qo'ydik. Balki, anchadan beri xalqaro o'rtoqlik o'yini o'tkazmaganimiz ham yirik hisobdagi mag'lubiyatimizga sabab bo'lgandir. O'tkazib yuborilgan to'plarimiz  juda oddiy vaziyatda kiritildi. Qo'pol xatolar ham pand berdi. Bahsga ruhiy tayyorgarlik ham ko'ngildagidek chiqmadi.

- Aynan shu omillar har ikki o'yinda ham yirik xisobdagi mag'lubiyatga sabab bo'ldimi?


- Ha, menimcha aynan sanab o'tilgan omillar ikkala uchrashuvda ham oltitadan to'p o'tkazib yuborishimizga zamin yaratdi. Agar uyushqoqlik bilan o'ynaganimizda va o'ylagan rejalarimiz amalga oshganida, aminmanki, yakuniy hisob bunday ko'rinishda bo'lmasdi.

- Eron hamon qitaning eng kuchli terma jamoasi bo'lib qolyaptimi?


- Nafaqat qitaning tengsiz jamoasi, balki dunyoda ham eronliklar kuchli beshlikda borishyapti. Bu jamoa bir necha yildan beri o'z ananalariga sodiq qolib kelyapti. Jahon chempionatida muntazam ishtirok etadi.

- Aynan qaysi jihatlarda Eronga yutqazyapmiz?

- Birinchi galda tezlik va fikrlashda. Eron futzalchilari maydonda juda tez harakat qilishadi va tez qaror chiqarishadi. Keyin Eronda futzalga bo'lgan etibor juda yuqori.

- Terma jamoa etakchilari – Dilshod Irsaliev va Nodir Eliboevning jarohatlari sababli, o'sha o'yinlarda ishtirok eta olishmaganini ham mag'lubiyatlarga sabab sifatida ko'rsatsa bo'ladimi?

- Bu ikki o'yinchimizning yo'qligi terma jamoamizni zaiflashtirgani rost. Lekin bu sport, undagi kutilmagan holatlarga hamisha tayyor turish kerak. Bejizga murabbiylar hamisha teng kuchli ikki tarkibni shakllantirish uchun jon kuydirishmaydi.

- Etakchilarning o'rnini egallagan yosh futzalchilar haqida qanday fikrdasiz? Ular katta bosim ostida o'tadigan o'yinlarga dosh bera olishadimi?


- Bu yosh futzalchilarga o'zlarini ko'rsatish uchun ajoyib imkoniyat. Terma jamoa murabbiylari ishonch bildirishayotgan ekan, undan maksimal darajada foydalanib qolish kerak. Lekin yoshlar hali xalqaro o'yinlarda maydonga tushishmagan. SHu jihati biroz pand berishi mumkin. Lekin o'ylaymanki, mana shunday o'yinlar yosh futzalchilarni toblab, pishitib beradi. Safimizga qo'shilgan yosh o'yinchilar haqida fikrim ijobiy. Eng muhimi, harakat va intilish bor.

- Tashqaridan qaraganda, terma jamoamiz kuchsizlangandek tuyulmoqda. Sapo yoki Mendez davridagi O'zbekiston futzal terma jamoasini ko'rmayotgandaymiz. Bu fikrga qo'shilasizmi?

- To'liq qo'shilmayman. Biz qitaning eng kuchli jamoasiga yutqazdik. Bu o'yinda terma jamoa tarkibida bir necha futzalchi o'zining debyut o'yinini o'tkazdi. Tabiiyki, ularda hayajon sezilib qoldi. Katta futboldan farqli ravishda maydonda 4 nafar futzalchi o'ynaydi. Men darvozabonni bu ro'yxatga qo'shmayapman. Eliboev va Irsaliev shu to'rt o'yinchidan ikkisi edi. Bu terma jamoamiz uchun katta yo'qotish. Umid qilamanki, xatolarni to'g'rilash uchun bizda hali vaqt bor va Osiyo chempionatiga optimal tayyorgarlik bilan boramiz.

- Guruhimizda deyarli teng kuchli terma jamoalar jam bo'lgan. Bizdan tashqari, Janubiy Koreya, Yaponiya va Qirg'iziston terma jamoalari ham guruhdan chiqishga harakat qilishadi. CHorak finalga beriladigan ikki yo'llanma uchun kurash oson kechmasligini hozirdanoq taxmin qilish mumkin. Sizningcha, pley-offga chiqishda ortiqcha muammoga duch kelmaymizmi?

- Guruhdan ortiqcha qiyinchiliksiz chiqishimiz kerak. Terma jamoamiz oldiga qo'yilgan birinchi galdagi vazifa - guruhda birinchi o'rinni egallab, chorak finalga chiqish. Guruhdagi jamoalar bilan shu paytgacha bir necha marotaba to'qnash kelganmiz va aksariyat o'yinlarda g'alaba qozonganmiz. Hozirgi sharoitda ham guruh favoritimiz. Eng muhimi, o'yinimiz chiqsa bo'lgani.

- Bu Osiyo chempionati jahon chempionatiga yo'llanma bermaydi. Aynan shu jihati bilan ayrim jamoalar ushbu musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko'rmaydi. Jamoada shunday kayfiyat yo'qmi?


- Yo'q, albatta. Osiyo chempionati har ikki yilda bir marotaba o'tkaziladi. Qita chempioni bo'lishni kim ham istamaydi, deysiz? SHaxsan bizning jamoamizda qita chempioni bo'lish istagi yuqori. CHunki shu paytgacha hali chempionlik sharobini totib ko'rmaganmiz. O'ylaymanki, terma jamoamizdagi hech kim bunga qarshi bo'lmaydi.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика