Artur Gevorkyan: “Jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman”
24 dek 2013 18:52
Yangiliklar

Artur Gevorkyan: “Jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman”
Xabaringiz bor, kecha O'FF tomonidan yil yakunlariga bag'ishlangan tantanali marosimda “Nasaf” sardori Artur Gevorkyan “Mavsumning eng foydali o'yiinchisi” sifatida etirof etildi.
Turkmanistonlik futbolchi klub veb-saytiga tadbir taasurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu men uchun futbolchilik faoliyatimdagi eng muhim sovrinlardan biri bo'ldi, desam adashmagan bo'laman. Qolaversa, bir necha yillardan buyon O'zbekiston chempionatida to'p tepayotgan bo'lsamda, bu kabi nufuzli nominaciyada ilk marta g'olib chiqdim. Albatta, bundan juda xursandman. Buning uchun birinchi navbatda jamoadoshlarimga, klubmiz murabbiylari va rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman.
Futbol - jamoaviy o'yin. Bu albatta ularning ham yutug'i deb hisoblayman. Qolaversa, meni har doim qo'llab quvvatlab turgan oilam, muxlislarga katta rahmat deyman. Bu kabi etirof zimmamizdagi masuliyatni yanada oshiradi. Nasib etsa, yangi mavsumda yangi g'alabalar bilan barchani xushnud etishga harakat qilaman".
O'z navbatida Gevorkyan bugun o'tkazilgan qura marosimi haqida ham to'xtalib o'tdi.
"Umuman olganda har yili jamoamiz chempionlik uchun kurash olib boradi va bu borada har safar yaxshi imkoniyatlarga ega bo'lamiz. Albatta, kerakli natijalarni qo'lga kiritishimiz o'zimizga bog'liq. 2014 yilgi mavsumni bir maromda o'tkazib, kerakli natijalarni qo'lga kiritish uchun ilk turlardan boshlab munosib harakat qilishga intilamiz. Albatta, jamoamiz muxlislari ham stadionni to'ldirib, har bir o'yinda bizni olqishlab turishsa, o'ylaymanki maqsadga erishamiz".

Fikrlar