Artur Gevorkyan Turkmaniston milliy terma jamoasidan chaqiruv oldi
06 iyu 2015 10:46
Yangiliklar


Artur Gevorkyan Turkmaniston milliy terma jamoasidan chaqiruv oldi
Artur Gevorkyanning keyingi paytlardagi Nasaf safida ko'rsatayotgan mazmunli o'yinlari Turkmaniston MTJ murabbiylarining nazariga tushgan ko'rinadi. SHuning uchun u yana MTJ safidan chaqiruv oldi.
Artur Georkyan 7 iyun kuni bo'ladigan Oliy liga 12-turi doirasidagi Bunyodkor Nasaf uchrashuvidan so'ng Toshkentdan Ashxobodga jo'nab ketadi.
Turkmaniston milliy terma jamoasi 11 va 16 iyun kunlari Rossiya-2018 jahon chempionati saralash uchrashuvlarini o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, Turkmaniston Osiyo qitasidagi D guruhida Guam, Hindiston, Eron va Omon kabi davlatlar bilan bir guruhdan joy olgan. Turkmaniston MTJ 11 iyun kuni safarda Guamga va 16 iyun kuni Toshovuz shahrida Eron MTJni qabul qiladi.
Ayni paytda Turkmaniston MTJga Amangilich Kuchumov bosh murabbiy bo'lib faoliyat yuritmoqda.
SHunday qilib, Nasaf jamoasidan terma jamoalarga chaqiruv olgan o'yinchilar soni beshtaga etdi.

Fikrlar