So’nggi yangiliklar

02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  152 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  5 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  130 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8

Artur Gevorkyan: “Tezkor gol yirik g'alabaga yo'l ochdi” Yangiliklar

Artur Gevorkyan: “Tezkor gol yirik g'alabaga yo'l ochdi”

“Dinamo”-“Nasaf” (0:5) uchrashuvida jamoamiz sardori Artur Gevorkyan har galgidek o'ta faol harakat qildi.
O'yindagi deyarli barcha gollarda ishtirok etish bilan birga raqib, darvozasini ikki marta ishg'ol etib, Oliy liga to'purarlari bahsida 9 ta gol bilan karvonboshilikni o'z qo'liga oldi. O'yindan keyin turkmanistonlik futbolchi uchrashuv haqidagi fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.

- Yirik g'alaba bilan barcha muxlislarni tabriklayman. Ushbu yutuq kuni kecha farzandlik bo'lgan murabbiyimizgayam o'ziga xos sovg'a bo'ldi,-deya so'z boshladi Gevorkyan. – “Dinamo”ga qarshi o'yinda barcha birdek yaxshi harakat qildi va murabbiymizning ko'rsatmasini bekamu ko'st uddalashga harakat qildik. Tezkor gol bizni yanada ruhlantirdi. Raqibimiz tez javob qaytarish uchun oldinga tashlandi va biz qarshi hujumda aniqroq harakat qilib, maqsadga erishdik.

- Keyingi turda peshqadam “Lokomotiv” bilan bahs olib borasizlar...
- Samarqanddagi g'alabani unutib, keyingi o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz. Qiziqarli o'yin bo'lishiga shubha yo'q. Albatta o'z o'yimizda, muxlislar bizni qo'llab turishsa, ularni xursand qilishga harakat qilamiz.

- Kechagi “dubl”dan keyin oliy ligada to'purarlar bahsida birinchi pog'onaga ko'tarildingiz. O'tgan yili ham to'purarlar ro'yxatida edingiz va yakunda 2-pog'onani band etgandingiz. Balki bu safar eng yuqori cho'qqini zabt etish nasib etar...

- Nasib etsa. Hozirgi o'rinda mavsumni yakunlash uchun ham harakat qilaman. Albatta jamoadoshlarim yordami bilan...
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика