So’nggi yangiliklar

00:00Париж-2024. Франция - Миср  3 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  0 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  12 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  0 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  1 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  3 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  2 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3 18:16Тимур Кападзе "Олимпик" бош мураббийлигидан кетди  8 17:54"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1

Artur Gevorkyan: "CHempion bo'lsak sochimdan voz kechaman" Yangiliklar

Artur Gevorkyan: "CHempion bo'lsak sochimdan voz kechaman"

"Nasaf" sardori va etakchisi Artur Gevorkyan klub rasmiy saytiga intervyu berdi.


- Finaldan keyingi taassurotlar qanday? Kubokdagi g'alaba tami qanday ekan?

- Juda ajoyib hissiyotlarni boshdan kechirmoqdaman. So'nggi bor faqat 2011 yilda OFK kubogini qo'lga kiritganimizda shunday o'zimni baxtli his etgandim. Juda xursandman. Meni faoliyatimda boshqa bu kabi katta yutuqlar bo'lmagan. "Nasaf" tarixida ilk bor O'zbekiston kubogini qo'lga kiritganimizdan benihoyatda baxtiyormiz. Tarixga kirish doimo yoqimli. Jamoamiz uchun foydamiz tekkanidan xursandmiz. To'g'risi, ajoyib hissiyotlar og'ushidaman. Futbolchilik faoliyatimdagi orzularimdan biriga erishdim.

- "Nasaf" o'z tarixida ikkita kubokni qo'lga kiritdi. Biri OFK kubogi va mana endi O'zbekiston kubogida ham zafar quchildi. Bu yutuqlarni qo'lga kiritilishida siz asosiy futbolchi sifatida ishtirok etdingiz. Gevorkyan "Nasaf" jamoasida o'chmas iz qoldirmoqda. Siz o'zingizni jamoaning afsonasi deya his qilishni boshladingizmi?
- Men hali o'zimni "Nasaf"ning afsonasi deya olmayman. Har bir o'yinga maydonga tushayotganda hammasini boshqattan boshlashga va o'sha uchrashuvga bor diqqat etiborni qaratishga o'rganganman. Buni his etishning iloji yo'q. Lekin jamoaning ushbu muvaffaqiyatlarida o'z hissamni qo'shganim juda yoqimli va bu narsa meni yanada kuchliroq bo'lishga undaydi.

- O'zbekiston kubogini qo'lga kiritganingizdan so'ng maydondan tashqarida sizni birinchi bo'lib kim tabrikladi?
- Rafiqam meni birinchilardan bo'lib ushbu ajoyib natija bilan qutladi. Rafiqam va butun oilam o'yinni internet orqali kuzatib borishdi va meni muvaffaqiyatimdan xursand bo'lishganini aytishdi. Oila azolarim, rafiqam telefon qilib tabriklab qo'yishdi. Bolalarim ham "Nasaf"ga muxlislik qilishdi va g'alabadan xursand bo'lib, meni tabriklashdi. Bu yoqimli albatta.

- Jarima zarbasi belgilanganda siz gol urishingizga qanchalik ishongandingiz?
- To'g'risi, aniq gol bo'ladi deb o'ylamagandim. To'pni nuqataga qo'yib, gol urishim kerak deb niyat qildim va buni juda istadim. Hisob 0:0 edi va meni golim jamoamizni oldinga olib chiqardi. Ushbu imkoniyatdan unumli foydalanganim juda yaxshi bo'ldi. Ikkinchi golni kiritilishi ham biz uchun juda tez va omadli bo'ldi.  Ikkita golni ketma-ket urganimiz bizga foyda keltirdi.

- Finaldan oldin birorta bilan bahs boylaganmidingiz yoki kimgadir nimanidir vada berganmidingiz?
- Ha, bir tinishimga agarda kubokda zafar quchsak bitta narsani vada qilgandim. Ushbu garovda yutqazganimdan xursandman. Asosiysi biz O'zbekiston kubogini qo'lga kiritdik. Unga esa bergan vadamni bajaraman.

- Nima deb o'ylaysiz, "Nasaf" chempionlik uchun harakat qilib ko'rsa bo'ladimi?
- Albatta, biz oxirigacha kurashamiz. Qo'lni siltash yo'q. Biz har doim chempionlik uchun kurashib kelganmiz. Bu safar ham imkoniyat boricha yana bir orzuimni amalga oshirishga harakat qilib ko'raman. Agarda qolgan barcha o'yinlarda g'alaba qozonsak va raqiblarimiz ochko yo'qotsa, unda bizda ham chempion bo'lish uchun imkoniyat paydo bo'ladi. Muhimi, nima bo'lgan taqdirda ham qolgan o'yinlarda faqat g'alaba uchun maydonga tushishimiz kerak va maqsadimiz sari olg'a intilish lozim.

- Siz O'zbekiston kubogini qo'lga kiritganingiz uchun tanishingizga vada qilgan narsani olib berishni aytdingiz. Tasavvur qilamiz, bu yili "Nasaf" chempionlikni ham rasmiylashtirdi. Agarda shu ish amalga oshsa siz sochingni olib tashlab, imijingizni almashtirishga rozi bo'larmidingiz? CHempionlik uchun sochingizni qurbon qilishga tayyormisiz?
- Mayli, ko'nganim bo'lsin. Bu men uchun qiyin narsa emas aslida. Agarda ushbu mavsumda chempionlikni qo'lga kiritadigan bo'lsak, ertasi kuni sochimni olib tashlayman. Kelishdik (kuladi). Men bu garovda ham yutqazishni istayman va bunga tayyorman.

- Sizni muxlislar "Qirol Artur" deb atashadi. Klub rasmiy tvitteri esa siz gol urganingizda Artur Golurarkyan atamasini ishlatadi. Bu sizga qanchalik yoqadi?
- Muxlislar o'z sevimli futbolchilarini o'zlari istagandek o'zlariga maqul kelgandek atashadi va ular bunga haqli. Lekin bu muvaffaqiyatlarni faqat men bilan bog'lashlariga qarshiman. Men bir o'zim maydonda sheriklarimsiz hech narsa qila olmayman. Murabbiylar shtabi va barcha futbolchilarning mehnati samarasi evaziga shu darajaga etdik deb bilaman. Meni Qirol Artur, Golurarkyan bo'lishimga ham sheriklarim sababchi deb bilaman. Jamoadoshlarim bo'lmaganida meni balki hech kim tanimasmidi, shu darajaga chiqardimmi yo'qmi...

- Keyingi mavsumda ham jamoada qolasizmi?

- Bu haqida hali gaplashganimiz yo'q. "Nasaf" menga hali yangi shartnoma taklif qilganicha yo'q. Boshqa jamoalardan takliflarim bor. Ammo "Nasaf" bilan hali bu masala bo'yicha stol atrofida o'tirib kelajak haqida gaplashib olganimiz yo'q. "Nasaf" meni juda yaxshi biladi va men ham ularni. shu boisdan hali bemalol bu haqida bafurja gaplashib olishga ulguramiz. "Nasaf" men uchun juda qadrdon jamoaga aylangan. Bu erda faqat shartnoma yoki shunchaki futbol o'ynash uchun qolmaganman. "Nasaf"da o'zimning eng yaxshi yillarimni o'tkazmoqdaman. Barcha erishgan yutuqlarim ham aynan shu jamoa bilan bog'liq. Yangi shartnomani kelishish muammo tug'dirmaydi. Bu klubni men hech qachon unutmayman. "Nasaf" men uchun shunchaki oddiy klub yoki jamoa emas. Bu erda katta oila bor va hamma bir-birini juda qattiq hurmat qiladi. 


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика