Artur Gevorkyan: “Andijon” jamoasi yaxshi shakllanibdi
28 apr 2016 22:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/206405_original.jpg)
![](/upload/storage/206405_220.jpg)
Artur Gevorkyan: “Andijon” jamoasi yaxshi shakllanibdi
-Bugun
biz uchun qiyin uchrashuvlardan biri bo'ldi. O'tgan turda “Buxoro”ga
jamoasiga qarshi uchrashuv ham biz uchun og'ir o'tgan edi. O'sha o'yinlardagi
charchoqlik alomatlari bugun ham bilindi. Umuman olganda birinchi bo'limda
raqibimiz juda yaxshi himoyalandi va gol urishimizga imkon bermadi. Biz
o'yinni nazorat qilishga harakat qildik. Ikkinchi bo'limda maqsadimizga
erishdik va g'alaba qozondik. “Andijon” jamoasi o'yiniga keladigan bo'lsam,
juda yaxshi jamoa shakllanibdi, murabbiyining ham bunda olib borgan ishi
ko'rinib turibdi, o'ylaymanki ular hali o'z so'zini aytadi. Oldimizda turgan
OCHL uchrashuviga to'xtaladigan bo'lsam, hozir hammaning fikri xayoli shu
o'yinda g'alab qozonishga qaratilgan. Umid qilamanki, jamoadoshlarim buni
uddalashadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar