So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  9 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  7 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  2 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Artetaning qo'rqinchli tushi Yangiliklar

Artetaning qo'rqinchli tushi

Bugun APLning ayni paytdagi peshqadami uyda Evertonni qabul qiladi.

Mersisaydning «Everton»i so'nggi paytlarda London grandi uchun muammoli jamoalardan biriga aylanib qoldi. Statistikaga qaraydigan bo'lsak so'nggi 5 o'yinning 3 tasidaa «Everton» va yana 2 bahsda  «Arsenal»ning qo'li baland kelgan. Jamoalarning so'nggi o'yinida SHon Dayich shogirdlari Arteta jamoasini minimal hisobda mag'lub qilishgandi.

O'yin intrigalari.

Ayni paytda jamoalarga ochko suv va havodek zarur. «Arsenal» uzoq kutilgan chempionlik ishqida yonayotgan bo'lsa, mersisaydliklar APLda jon saqlab qolish uchun kurashishmoqda. Arteta va ”Arsenal” Qishki transferlar oynasidan keyingi kichik inqirozdan chiqib oldi (agar chiqib olgan bo'lsa). «Everton» ham yangi murabbiy SHon Dayich yordamida jarlikdan chiqishga intilmoqda.

Bugungi «Arsenal» va uning muammolari.

Arteta o'z jamoasini optimallashtirishda davom etmoqda. Hujum markazidagi muammolar yangi kelgan Leandro Trossar bilan, markazdagi kemtiklar esa «CHelsi»dan transfer qilingan Jorjinyo yordamida sozlanmoqda. O'ng qanot himoyasida ham muammolar bor Ben Uayt va Tomiyasuga stabillik etishmayapti. Nketia baribir top hujumchi emasligi bilinib qolmoqda. Artetaning Trossar bo'yicha dastlabki tajribasi effekt bermadi (Leandro o'ziga begona bo'lgan qanot hujumida yo'qolib qoldi). Mikel tajribaning davomi sifatida futbolchini hujum markazida ishlatishni boshladi. Bu qanchalik natija beradi, uyog'ini vaqt ko'rsatadi.

Yo'qotishlar.


«Arsenal» Gabriel Jezus va Muhammad Elneni xizmatlaridan foydalana olmaydi (jarohat sabab). «Everton»da esa vaziyat biroz yomonroq. Mersisayd klubida Andros Taunsend, Natan Petterson, Jeyms Garner va Dominik Kalvert Levinlar jarohat sabab o'yinda ishtirok eta olishmaydi.

Taxminiy tarkiblar.


Bahs bizning vaqt bilan tunda 00:45 da boshlanadi.

 

Jaloliddin Xalilov.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика