So’nggi yangiliklar

23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   10 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  16 22:40Санжар Турсунов: "Жаҳон чемпионати саралашларида яхши имкониятга эгамиз"  3 22:20Ўзбекистон кубоги. Сўнгги бор финалда қачон водий дербиси бўлган?  14 21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  12 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   13 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  8 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  9 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   8 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0

Artetaning ilk g'alabasi. "Yunayted"ni mag'lub etish uchun aqlli reja va ajoyib birinchi bo'lim kifoya qildi Yangiliklar

Artetaning ilk g'alabasi. "Yunayted"ni mag'lub etish uchun aqlli reja va ajoyib birinchi bo'lim kifoya qildi

Arteta "Manchester Yunayted"ning qarshi hujumlariga imkon qoldirmadi va o'yinga taktik jihatdan puxta tayyorlandi.

APL 21-turining markaziy uchrashuvini ("Arsenal" - "Manchester Yunayted") tahlil qilishga harakat qilib ko'ramiz.  

1. Mikel Arteta "CHelsi"ga mag'lub bo'lgan tarkibga 3ta o'zgartirish kiritdi. Ularning ikkitasi majburiy – tayanch yarim himoya zonasiga avvalgi uchrashuvni virus tufayli o'tkazib yuborgan Granit Jaka qaytdi, jarohatlangan Kelum CHembersning markaziy himoyadagi o'rnini Sokratis egalladi. 

Yakuniy o'zgarish – Nikolya Pepening o'ng qanotga Ris Nelson o'rniga tashlanishi. Pepe avvalgi o'yinlarda maydonga tushirilmayotgan va bunga sabab qilib Arteta futbolchi mashg'ulotlarda yanada ko'proq ter to'kishi kerakligini aytayotgandi – nihoyat u istagan narsasini ko'rdi shekilli. Nikolya aynan shu o'yin uchun tanlangan taktikaga ham juda mos tushardi (bu haqida pastroqda).

2. O'yinga bir kun qolganda "MYU" safida Pol Pogba bo'lmasligi oydinlashdi. Franciyalik uchrashuv qaydnomasiga ham kiritilmagandi. Bu Ole-Gunnar Sulsher tarkib borasida ortiqcha bosh og'riqqa duch kelmasligini anglatardi. CHinakamiga raqobat bor yagona poziciya bu hujumchi ortidagi futbolchi o'rni edi. Bu joyga Jessi Lingard va Andreas Pereyra davogarlik qilayotgandi. Sulsher bu safar ham Lingardni maydonga tushirdi.

3. O'yin bir-biridan keskin farq qiluvchi ikki xil taymga bo'lindi. 

Birinchi bo'limda "Arsenal" o'yinni boshqarishga intildi: Pepening tezkor golidan keyin ham jamoa himoyaga o'tib olmadi va muntazam ravishda hujumlar uyushtirdi. Bu usul "MYU"dek qarshi hujumni qoyillata oladigan jamoaga qarshi bu biroz xavfli, lekin kecha ish berdi.

Ikkinchi bo'limda "Arsenal" ikki to'p oldinda borayotgani tufayli ham orqaroqqa o'tib oldi: bu esa o'yin borishini tubdan o'zgartirdi. Biz "Yunayted"ning raqib "yopilib" olgandagi muammolarini yana bir bor ko'rib, guvohi bo'ldik. Sulsher shogirdlari bellashuv avvalidagidan yaxshiroq harakat qilar, lekin shunda ham chinakamiga xavfli vaziyatlarni etarlicha yarata olmasdi.

4. "Arsenal" muvaffaqiyatining kaliti sifatida jamoaning to'psiz harakatlanishini keltirish mumkin. Birinchi bo'limda Arteta o'rta blokdan foydalandi va jamoa pressing uchun qulay fursatni kutar va keyingina raqibni taqib qila boshlardi. 

"Manchester Yunayted"ga qarshi muntazam pressing uyushtirish noxush oqibatlarga olib kelishi hech gap emas. "Siti" (o'shanda Arteta "Manchester"ning boshqa bir klubi murabbiylar shtabida edi) derbida aynan shu xatosi tufayli jazolangandi. "Arsenal" pressingga o'tganda uzoq qanot ochiq qolar, vingerlarning biri esa raqibning markaziy himoyachisini "yopar" edi:

Raqib pressing ostida bo'la turib boshqa qanotga birgina pas bilan o'tib keta olmasligiga umid qilish, o'ta olgan taqdirda ham ko'p vaqt sarflanishi oqibatida, londonliklar joylarini o'zgartirib ulgurishlari zarur edi. Bu reja ham ish berdi – "Arsenal"ning shunday pressinglari biridan so'ng Pepe qulay vaziyatdan zarba berdi va darvoza ustunini poyladi.

5. "Yunayted" to'psiz o'yinni biroz boshqacha tashkillashtirdi. Pressingni Jessi Lingard boshlab berardi. Aynan u qachon markaziy himoyachini taqib qilish uchun qulay fursatligini hal qilar, u shu yo'l bilan bir vaqtning o'zida ikki futbolchini "yopmoqchi" bo'lardi. Jamoa esa shu qatorda tayanch yarim himoyachilari ham uni qo'llab-quvvatlashi lozim edi.

"Arsenal" bunga tayyor edi va Granit Jaka muntazam ravishda himoyachilar bilan bir chiziqqa tushardi. Bundan tashqari, u asosan aynan chap qanot himoyachisi o'rnini egallardi va bevosita uni hech kim taqib qilmasa, to'pni egallash va oldinga etkazib berish uchun kattagina zonaga ega bo'ldi:

O'yinning bunday borishi "MYU"ni noqulay vaziyatlarga tushirib qo'yaverdi. Jakaning bu harakatiga reakciya bildiradigan, uni ortidan boradigan futbolchi topilmadi. Lingard yoki Marsyal? Unda markaziy himoyachilardan biri bo'sh qolardi. Fred oldinga borishi? Unda tayanch zonasida bo'shliq paydo bo'ladi. Den Jeyms? Unda Uan-Bissaka qanotda ikki raqibga qarshi qolib ketadi. Nima bo'lganda ham asosiysi "MYU" bunday vaziyatga tayyor emasdi.  

6. "Arsenal" hujumlarining bor yo'g'i 16%ini markazdan amalga oshirdi. Bu juda-juda kam. Bizningcha, atayin qabul qilingan qaror. Aytib o'tganimizdek, qarshi hujumda xavfli raqib markazni yaxshi "yopa oladi". Arteta markazdan yorib o'tishga harakat ham qilmadi va qanotlar orqali o'yinni taklif qildi. 

U Aaron Uan-Bissaka va Lyuk SHouni o'zlari o'rganmagan usulda o'ynashga majbur qildi. Uan-Bissakani 1-1 holatda aldab o'tish o'ta mushkul vazifa. APL doirasida u o'rtacha har bir uchrashuvda 4,1 martadan yakka kurashlarda to'pni olib qo'yadi – kecha bor yo'g'i 1 marta bu ishni amalga oshira oldi. CHunki hech kim uni aldab o'tishga ham urinib o'tirmadi, to'p oshirish evaziga uni aylanib o'tib ketaverishdi. Bu ham tasodifiy holat emas.

"Arsenal" qanot himoyachilarining harakatlari bir-biridan farq qilardi: Ensli Meytlend-Naylz hujumga deyarli qo'shilmadi va ko'pincha markazga qaytib o'ynadi, Sead Kolashinac esa aksincha keng va ancha oldinda harakat qildi.

Aynan shu sabab Uan-Bissaka raqib bilan deyarli umuman 1-1 holatda qolmasligini taminladi. Yoki Kolashinac oldida bo'sh zona bor vaziyatda to'pni qabul qiladi va tezlikda harakatini davom ettiradi, yoki Obameyang yordamga kelib, 2-1 vaziyat vujudga keltiriladi. 

7. O'ng qanotda buning aksini ko'rish mumkin edi. SHou ko'p vaziyatlarda 1-1 holatda qolardi. Bu ish bilan Pepe (u asosiy tarkib o'yinni boshlaganining sabablaridan biri ham shunda edi o'zi) shug'ullandi. Meytlend orqada qolgani sababli Nikolya markazga kirib keta olmasdi va to'pni qanot chizig'iga yaqin hududda kutardi. To'p unga etkazilgach, u SHouni aldab o'tish yo'llarini izlardi.

SHu sababli Lyukka katta bosim bo'ldi – u 7 bor yakkama-yakka vaziyatlarda to'pni olib qo'yishga harakat qildi (Uan-Bissakada 1tagina). Ularning faqat 4tasi omadli chiqdi. Lekin u shunchaki ulgurmay qolgan vaziyatlar ham etarlicha bo'ldi. 

8. Bu bahsda "Arsenal"ning o'yinida eng kam etibor berilgan jihat – birinchi bo'limda "Yunayted" qarshi hujumlarini ushlab qolish. 

Birinchi taymda "MYU" biror marta o'yindan "Arsenal" darvozasiga chinakamiga aniq zarba bera olmadi. Vaholanki, "kanonirlar" to'pga egalik qilishdi va birinchi raqam ostida harakat qilishdi (odatda bunday scenariy Sulsher jamoasi uchun ayni muddao, ular qarshi hujum uchun bo'sh zonalarga ega bo'ladilar). 

Bu erda ikkita muhim jihatni aytib o'tish lozim. Birinchidan, to'pga egalik qilish sanati, aynan shu yo'l bilan londonliklar keraksiz vaziyatda to'p yo'qotishlarga uchramadi. Ikki-uch marta shunday holat bo'ldi (ayniqsa Meytlend ijrosida), lekin umumiy olganda bu borada muammo bo'lmadi. Ikkinchidan, aqlli va sifatli kontrpressing. 

Arteta oxirgi element ustida endi ish boshladi va u hali maromiga etkazilganicha yo'q. Birinchisi, to'p yo'qotilishiga butun jamoa reakciya bildiryapti – avval shu kabi vaziyatlarda futbolchilarning yarmi orqaga yugursa, yana bir qismi darhol to'p uchun kurashga kirishardi. Ikkinchisi, juda katta ishtiyoq. Bazi epizodlarda "Arsenal"ning bir yo'la ikki futbolchisi to'p oldirilgach, shu ondayoq raqib tomon oshiqdi.

9. Tanish holatda Sulsher quyidagicha yo'l tutdi: avvaliga Pereyra va Grinvud (o'yin sxemasi o'zgarmagan holda) maydonga tushirildi, keyin Matich o'rnini Mata egalladi va jamoa ochiq o'yin ko'rsata boshladi. Oxirgi qaror juda kech qabul qilindi, lekin raqibga muammolar tug'dirishi mumkin edi. 

Arteta darhol javob qaytardi – "Arsenal"da Aleksandr Lyakazett o'rniga Matteo Genduzi maydonga tushirildi. Jamoa 3 nafar tayanch yarim himoyachisi bilan 4-3-3 taktik sxemasiga o'tdi. CHap qanotni Ozil va Obameyang navbat bilan "yopishardi".

10. Ozil jamoa boshqaruviga Arteta kelgach, butkul o'zgardi. O'yindan avval Mikel yulduzni avvalgi darajasiga qaytarish uchun qo'lidan kelgan ishni qilishi, unga yordam berishga urunayotgani, futbolchi xavfli vaziyat yarata oladigan zonalarda to'pni qabul qilib olishini aytib o'tdi. Bu esa ish bermoqda. Ozilning to'p oshirishlari top darajada, lekin bu yangilik emas. 

CHinakam yangilik – bu nemis futbolchisi to'p uchun kurashda qanday harakat qilayotgani. Kecha Ozil jamoadoshlaridan 10 marta ko'proq to'pni olib qo'ydi. Mesut nafaqat o'z zonasida to'p uchun kurashdi, balki sheriklariga ham yordamga ulgurdi – misol uchun Pepening qanotida:

11. "Qayta tug'ilgan" yana bir o'yinchi – bu David Luiz. U ham himoyada, ham hujumlarni boshlashda foydali harakat qilmoqda. Oxirgi bellashuvda ularning ikkinchisi yaqqol sezildi. Braziliyalikning to'p oshirishlari – "MYU" pressingi yaxshi ishlamaganining asosiy sabablaridan biridir. Asosiy oyog'i o'ng bo'lgan futbolchi uchun Luiz chap oyog'i bilan ham juda yaxshi pas bera oladi – raqib himoyasida bunday futbolchi bo'lsa, hujum yo'nalishini nazorat qilish ikki barobar qiyinlashadi. David bir necha bor "Yunayted"ni shunday holatga tushirib qo'ydi – bir qancha vaziyatda unga qiyin to'p oshirishi, qo'shimchasiga chap oyoqda to'p oshirishdan boshqa variant qoldirishmadi, Luiz esa chap oyoqda ham buni uddalayverdi va raqib mehnatini yo'qqa chiqardi. 

12. Lekin eng katta o'zgarish Lukas Torreyra o'yinida bo'ldi. Unai Emerining oxirgi oylarida urugvaylik asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'ygan, imkon berilganda ham himoya va hujum o'rtasidagi hududda o'zgacha bir usulda harakatlanardi. Arteta esa uning eng kuchli jihatlaridan foydalanmoqda.

"U har bir to'p uchun oxirigacha kurashdi. Mashg'ulotlarda u hatto har bir santimetr uchun bellashadi. Maydonni ko'rish borasida u o'smoqda – bu borada unga qo'limdan kelgancha yordam berishga harakat qilyapman. Uchta bahsda ham u top darajada harakat qildi", – dedi Arteta

13. "MYU"ning bu o'yinda ishlagan yagona juftligi Matich-Fred edi va faqat ularga deyarli etiroz yo'q. Bu haqida Sulsher ham o'yindan keyingi matbuot-anjumanida aytib o'tdi. 

Odatga ko'ra markaz "yopib qo'yildi". "Arsenal" shunchaki bu zonani aylanib o'tdi. Markaz orqali yorib o'tishga harakat qilib ko'rganlarida esa Fred agressiv harakatlari bilan raqibga imkon qoldirmadi (3 bor to'pni bevosita raqibdan olib qo'yish, 2 marta to'p oshirishlari yo'lini to'sish evaziga to'pga ega chiqish) va vertikal to'p oshirishlar evaziga yaxshi hujum boshladi. Matich o'yinni o'qish evaziga yaxshi himoyalandi. Ikkinchi bo'limda serb hujumda ham nimadir qilishga urinib ko'rdi (hisob shuni talab qilardi) – uning harakatlari jamoadoshlari fonida ajralib turish uchun etarli bo'ldi, ammo o'yin natijasiga tasir ko'rsatishga etmadi.

14. Nikolya Pepega stabillik etishmayotgan bo'lsa-da, yosh futbolchi omadli o'yinlarda ("Vest Xem", "Vitoriya") o'zini juda yaxshi tomondan ko'rsatmoqda. Kecha Arteta Pepening eng kuchli tomonidan unumli foydalandi. Nikolya 1-1 vaziyatlarni juda xush ko'radi hamda odatda raqibini aldab o'ta oladi. SHouni holdan toydirish bilan birga Nikolya xavfli vaziyatda darvoza ustunini poyladi, pressingda faol bo'ldi, 4 bor uning to'p oshirishidan keyin sheriklari zarba berishdi, gol urdi va to'p oshirishda 100 % aniqlikka erishdi (hujumkor futbolchi uchun daxshat natija). 

15. Arteta qo'l ostida "Arsenal" jamoa sifatida rivojlanmoqda – kontrpressing, to'pga egalik qilib, birinchi raqam bo'lib o'ynash, to'psiz harakatlanish. Mikel yana bir bor navbatdagi raqib bilan bellashuvga zo'r tayyorlana oldi ("CHelsi"ga qarshi uning dastlabki rejasi ham ish bergandi). 

Mashg'ulotlarga deyarli vaqt qoldirmaydigan "Boxing Day"da bunday muvaffaqiyat tahsinga loyiq.

Lekin jamoa hali to'liq uchrashuv o'tkazmayapti: yoki Mikel g'oyalarini qabul qilishni istamay, yoki futbolchilar shunchaki ikki taym bunday futbol o'ynashga qodir emas. Bularning qay biri bo'lsa ham jiddiy muammo. "Manchester" bilan o'yinda uchrashuvgacha tuzilgan aqlli reja etarli bo'ldi.

Aynan Artetaning qarorlari sabab "Yunayted" birinchi bo'limda o'zining kuchli tomonlarini (qarshi hujum) ko'rsata olmadi. Ikkinchi bo'limda esa ular o'zlari uchun noqulay vaziyatga tushib bo'lishgandi. Hisob tufayli katta kuch bilan himoyalanayotgan raqib mudofaasini yorib o'tish talab qilinardi. Bu erda esa "MYU" ideal holatda emasligi katta rol o'ynadi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика