Arteta Vengerdan keyin ikkinchi
06 avg 2022 09:20
Yangiliklar


Arteta Vengerdan keyin ikkinchi
Angliya chempionati 2022/23 yilgi mavsum dastlabki o'yinida “Arsenal” 2:0 hisobida “Kristal Pelas”ni taslim etdi.
Mikel Arteta “to'pchilar” boshqaruvida Premer-ligadagi 98-o'yinida yubiley 50-g'alabasini qo'lga kiritdi. Bu Arsen Vengerdan keyingi ikkinchi eng yaxshi natija hisoblanadi. Venger 50 ta g'alabasini 94 ta bahsda qo'lga kiritgan.
Londonliklar navbatdagi tur bahsini 13 avgustda (19:00) “Lester”ga qarshi o'z maydonida o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
22:04
APL. "Arsenal" kutilmaganda o'z maydonida mag'lub bo'ldi, "Tottenxem" esa mehmonda 4ta gol urdi 25

Fikrlar