Arteta Nketiani "Arsenal"da saqlab qolmoqchi
27 okt 2021 11:47
Yangiliklar
Arteta Nketiani "Arsenal"da saqlab qolmoqchi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta kelasi yozda klub bilan shartnomasi yakunlanadigan hujumchi Eddi Nketiani jamoada saqlab qolmoqchi ekanligini aytdi.
"Yozda biz echishga harakat qilgan muammo bor edi, ammo buning uddasidan chiqa olmadik. SHartnoma bilan bog'liq muammolar koronavirus va boshqa echilishi kerak bo'lgan muammolar kabi futbolda ham odatiy bo'lib qoldi.
Men Nketiaga ishonaman, u top-futbolchi bo'ladi va "Arsenal"da qolishiga umid qilaman. U bilan ishlashdan mamnunman, uni juda ham qadrlayman va uning bizda keyinchalik ham o'ynashini xohlayman", - deydi Arteta.
Nketia 2021/22 yilgi mavsum "Arsenal" safida 2ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi. Futbolchining shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar