Arteta "Manchester Siti"ning chetlatilishi haqida: "Bu yangilikdan shokka tushib qoldim"
17 fev 2020 11:08
Yangiliklar
Arteta "Manchester Siti"ning chetlatilishi haqida: "Bu yangilikdan shokka tushib qoldim"
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta UEFAning "Manchester Siti"ni ikki mavsum evrokuboklardan chetlatganiga izoh berdi.
Eslatib o'tamiz, Arteta 2016 yildan 2019 yilning dekabriga qadar "Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga yordamchi bo'lgan.
"Men bu xabardan shokka tushib qoldim. Men Pep va shtabdagi boshqa odamlar bilan gaplashib turaman va albatta "Manchester Siti" uchun eng yaxshisini xohlayman. Mening Pepga, futbolchilarga va xodimlarga bo'lgan hurmatimni izohlash qiyin. Ularga eng yaxshisini tilayman, sababi ular qanchalik mehnat qilishlarini bilaman.
Hech kim nima bo'lishini bilmaydi. Boshqa klublarga ham bunday jazolar ko'riladimi yoki yo'q, buni hech kim bilmaydi", - deydi Arteta.
O’xshash yangiliklar
11:39
"Real" keyingi yozda "Manchester Siti" etakchisini sotib olish uchun barcha imkoniyatni ishga soladi 9
Fikrlar