Arteta "Manchester Siti" futbolchisini nishonga oldi
14 jan 2020 15:02
Yangiliklar
Arteta "Manchester Siti" futbolchisini nishonga oldi
"Arsenal" "Manchester Siti" himoyachisi Jon Stounsning transferi borasida taklif tayyorlamoqchi.
"To'pchilar" bosh murabbiyi Mikel Arteta Stounsga transferlar oynasidagi asosiy maqsad sifatida qaramoqda.
Arteta "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning yordamchisi bo'lgan paytda Stouns bilan birga ishlagan.
Transfermarkt himoyachini 60 million evroga baholamoqda.
Angliyalik futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 21ta o'yinda maydonga tushdi.
Fikrlar