Arteta: "Gaz pedalidan oyog'ingizni olsangiz, sizni jazolashadi"
03 noy 2023 19:00
Yangiliklar
Arteta: "Gaz pedalidan oyog'ingizni olsangiz, sizni jazolashadi"
Mikel Arteta Liga Kubogidagi mag'lubiyatdan keyin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bunday mag'lubiyatdan keyin o'zingizga kelish uchun bir necha kun talab etiladi. Biroq endi bizning bor etiborimiz "Nyukasl" bilan bahsga qaratilgan. Yakuniy natija "Vest Xem" bilan o'yinni chinakamiga aks ettirmagandek.
Doim tempni ushlab turish zarur. Agar siz, "Vest Xem" darajasidagi istalgan raqibga qarshi bahsda oyog'ingizni gaz pedalidan olsangiz, sizni jazolashlari turgan gap.
Ikkinchi bo'limda biz bitta fazada sustkashlikka yo'l qo'ydik va tempni ushlab qolish uchun boshqa usul topishimiz zarur. Ikkinchi bo'limdagi o'yinimiz talab darajasidagidek yaxshi bo'lmadi", – dedi "Arsenal" murabbiyi.
Fikrlar