Arteta Evropa ligasidan chiqib ketgandan so'ng fikr bildirdi
17 mar 2023 10:16
Yangiliklar
Arteta Evropa ligasidan chiqib ketgandan so'ng fikr bildirdi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Evropa ligasidagi mag'lubiyatdan so'ng o'z noroziligini bildirdi.
Londonliklar 1/8 finalda penaltilar seriyasida "Sporting"ga yutqazib qo'yishdi.
"Yo'q, biz etarlicha ish qila olmadik, chunki g'alaba qozona olmadik. Bu shubhasiz kuchli zarba. 75-daqiqagacha bo'lgan vaziyatlarda biz o'z darajamizda bo'lmadik. Barcha to'plarni berib qo'ydik va o'yinda ustunlikka erishish imkoniyatlarimiz bo'lmadi.
So'nggi 15 daqiqa va qo'shimcha vaqtda bizda g'alaba qozonish uchun imkoniyat bo'ldi, ish penaltigacha etib borganida esa bizda hayajon bo'ldi va yutqazib qo'ydik.
O'zimizga bir qarab olib, nima uchun keyingi bosqichga chiqa olmaganimizni tushunib olishimiz lozim. Endi bizda 11 ta o'yin bor va ularning birinchisi "Kristal Pelas"ga qarshi o'tkaziladi", - dedi Arteta.
Fikrlar