Arteta: "Edegorning mehnatkashligidan hayratdaman"
18 mar 2021 01:16
Yangiliklar
Arteta: "Edegorning mehnatkashligidan hayratdaman"
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Evropa Ligasi 1/8 finalining "Olimpiakos"ga qarshi javob o'yini (birinchi o'yin – 3:1) oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
“Tarkibga kirish uchun eng yuqori saviyada o'ynash kerak. Obameyang ham bundan mustasno emas. Biz eng raqobatbardosh jamoani tuzib, yana g'alaba qozonishga harakat qilamiz.
O'sha kuni Obameyang bilan gaplashib oldik, hammasi ijobiy hal qilindi va biz olg'a yurishda davom etamiz.
Edegor biz nimaga intilayotganimizni to'liq tushunmoqda. Uning mehnatkashlagidan hayratdaman, u hozirda raqib jarima maydonchasiga qanday qilib kirib borish va ularning darvozasi yaqinida yanada qatiyroq o'ynash ustida ishlamoqda – u hali bu borada kuchaya oladi.
U raqiblar uchun doimo xavf-xatarni tug'diradi va agar mavjud vaziyatlardan to'g'ri foydalana olsa, mukammal futbolchiga aylanadi", – dedi Arteta BBC bilan suhbatda.

Oldinroq "Arsenal" Edegorni "Real"dan to'la sotib olishga tayyorligi haqida xabar berilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar