Arteta "CHelsi" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng nimalar dedi?
13 may 2021 07:31
Yangiliklar
Arteta "CHelsi" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng nimalar dedi?
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "CHelsi"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men judayam xursandman. Biz bu erda 10 yildan buyon g'alaba qozonmagandik. SHuning uchun bunday natijaga erishish juda yaxshi.
Biz juda yaxshi pressing tashkil qildik va ishga to'g'ri yondoshdik. Bu orqali raqibni xato qilishga majbur qildik.
"Stemford Brij"ga kelib, Tuxelga qarshi o'ynsang, qiynalishga to'g'ri keladi.
Jamoaning ishga yondoshuvi juda ajoyib bo'ldi. Men baxtliman", - dedi ispaniyalik murabbiy.
Fikrlar