Arteta boy berilgan chempionlik haqida nima dedi?
21 may 2023 14:14
Yangiliklar
Arteta boy berilgan chempionlik haqida nima dedi?
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta APLda boy berilgan chempionlik haqida gapirdi.
"Manchester Siti"ni chempionlik bilan tabriklayman. Bu biz uchun og'ir kun. Barcha masuliyatni bo'ynimga olaman. Qachonki ishlar zo'r bo'lsa, barchasi yaxshi bo'ladi. Yo'q bo'lsa, yo'q. Bu sport.
So'nggi vaqtlar davomida raqiblarga sovg'a qilingan gollar uchun og'ir to'lovlarni to'ladik. Aybni biror kishiga ag'darib bo'lmaydi. Butun bir jamoa yaxshi o'ynashi kerak edi, biroq so'nggi haftada unday bo'lmadi.
Biz uchun qayg'uli kun. 11 oy davomida biz g'alabalar uchun ishladik va uzoq vaqt davomida peshqadam bo'lib turdik. Biroq bu etarli bo'lmadi. Endi yaralarni davolash kerak. Futbolchilarni o'ziga keltira oladigan yo'llarni topishim kerak. Oldinda bizni og'ir hafta kutmoqda", - dedi Arteta.
Fikrlar