Arteta: "Arsenal"da g'alaba uchun imkoniyat bor"
30 apr 2021 07:31
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/634511_original.jpg)
![](/upload/storage/634511_220.jpg)
Arteta: "Arsenal"da g'alaba uchun imkoniyat bor"
"Biz bu erga kelib, mag'lubiyatga uchrashni istamagandik. Ammo o'yinning qanday borganiga qaraydigan bo'lsak, natija ham kerak. Agar yutqazishimiz shart bo'lganida, bu biz olishimiz mumkin bo'lgan eng yaxshi natija edi.
Ikkita turli taymlar. Ikkinchi bo'limda o'zimizga o'xshadik. Birinchisida o'yinimiz chiqmadi. Nazorat qilish imkoniyati bo'lmadi. Xavf yaratish va raqib jarima maydoniga hujumlar etishmadi. Ikkinchi bo'limda esa barchasi boshqacha bo'ldi.
Biz ushbu mavsumda Sakaning yaxshi o'ynayotganiga o'rganib qoldik. Ammo biz yanada ko'proq ishlashimiz lozim, chunki doim ham unga ishonib qolmasligimiz kerak. Leno yaxshi o'ynadi, Moreno bilan bog'liq vaziyatda u bizni qutqardi.
Obemeyangda ham hisobni tenglashtirish imkoniyati bo'lgandi. Ishonchim komil, hali g'alaba uchun imkoniyatimiz bor", - dedi Arteta.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar