Arteta: "Arsenal" "Tottenxem" ustidan dominantlik qildi"
24 noy 14:24
Yangiliklar
Arteta: "Arsenal" "Tottenxem" ustidan dominantlik qildi"
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Artetaning fikricha, "to'pchilar" APLning 12-turidan o'rin olgan "Tottenxem" (4:1) bilan bahsda bundan ham ko'proq gol urishi mumkin edi.
"Bu biz uchun alohida ahamiyatga ega kun. Biz bu o'yin qanchalik muhimligini va muxlislarimiz uchun nimani anglatishini bilardik. Ularga bunday quvonch baxsh eta olish — ajoyib. Rostini aytsam, Eberechi Eze to'rt yoki beshta gol urishi mumkin edi. U xavfli vaziyatlarni yarata oladigan yaxshi o'yinchi. Butun o'yin davomida ustunlik qildik. Ko'plab vaziyatlarni yaratdik va gol urishga juda yaqin keldik. Biz xotirjamlik bilan o'ynadik", – dedi Arteta matbuot anjumanida.
"Arsenal" 29 ochko to'pladi va chempionat jadvalida etakchilik qilmoqda. "Tottenxem 18 ochko bilan 9-o'ringa joylashgan.
"Arsenal" 30 noyabr kuni 13-tur doirasida "Chelsi" bilan o'ynaydi, "Tottenxem" esa 29 noyabr kuni "Fulxem"ni mehmon qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига-2025. "Нефтчи" — Ўзбекистоннинг олти карра чемпиони!
ФИФА Роналду мухлисларининг танқидлари ортидан Жаҳон чемпионати постерини ўчириб ташлади
Манба: "Қизилқум" "Нефтчи"ни ютса, ҳар бир футболчи 40 миллион сўмдан олади
Суперлига. Бугун "Нефтчи" чемпионликни қўлга киритиши мумкин
Fikrlar