

"Bu biz uchun alohida ahamiyatga ega kun. Biz bu o'yin qanchalik muhimligini va muxlislarimiz uchun nimani anglatishini bilardik. Ularga bunday quvonch baxsh eta olish - ajoyib. Rostini aytsam, Eberechi Eze to'rt yoki beshta gol urishi mumkin edi. U xavfli vaziyatlarni yarata oladigan yaxshi o'yinchi. Butun o'yin davomida ustunlik qildik. Ko'plab vaziyatlarni yaratdik va gol urishga juda yaqin keldik. Biz xotirjamlik bilan o'ynadik", – dedi Arteta matbuot anjumanida.
"Arsenal" 29 ochko to'pladi va chempionat jadvalida yetakchilik qilmoqda. "Tottenxem 18 ochko bilan 9-o'ringa joylashgan.
"Arsenal" 30 noyabr kuni 13-tur doirasida "Chelsi" bilan o'ynaydi, "Tottenxem" esa 29 noyabr kuni "Fulxem"ni mehmon qiladi.



