Arteta: "Arsenal" chiroyli o'ynamagandir, ammo..."
02 may 2022 10:51
Yangiliklar
Arteta: "Arsenal" chiroyli o'ynamagandir, ammo..."
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Vest Xem"ga qarshi o'yin yakunlari haqida gapirdi.
"Garchi chiroyli o'ynamagan bo'lsak-da, g'alaba qozonish yo'lini topdik. Tan olaman, muxlislarga yoqadigan futbol ko'rsatganimiz yo'q. Ammo biz yuqori ruxda o'ynab, o'zimizni o'yinga baxsh qila oldik. Agarda Siz o'z o'yiningizni ko'rsatmoqchi bo'lsangiz, raqib kutgandek yuqori darajada o'ynashingiz kerak.
Doimo g'alabaga intilish kerak - raqibga xato qilishga majburlash, yorqin o'yin ko'rsatish, tinimsiz mehnat va quruq o'yin. Xoldingdan xursandman, kam o'ynayotgan bo'lsa-da, doimo o'zini ko'rsatishga harakat qilmoqda. Bugun u o'yinning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. Doimo maydonda eng kerakli joyda paydo bo'laverdi", - dedi Arteta.
Fikrlar