So’nggi yangiliklar

19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  2 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  4 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  17 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  20 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0

"Arsenal"ning yozgi transfer rejasi malum bo'ldi Yangiliklar

"Arsenal"ning yozgi transfer rejasi malum bo'ldi

London klubi yozda eng kamida 4 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma tuzadi.

"Arsenal" kelayotgan transfer oldi-berdilari davrida tarkibini anchagina yaxshilab olishga umid qilmoqda.

Klub CHempionlar Ligasida ishtiroki bilan ehtimoliy daromad hisobiga kamida 4 nafar futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Mikel Arteta jamoani ikki markaziy yarim himoyachi, vinger va chap qanot himoyachisi bilan kuchaytirish niyatida.

Bazi xaridlar ayrim o'yinchilarning sotilishi hisobiga moliyalashtirilishi mumkin. Kelishuvlardan biri Kiran Tirnini o'z ichiga olishi mumkin. "Kristal Pelas"da ijara asosida to'p tepayotgan Albert-Mboyo Lokonga va "Marsel"da o'ynayotgan Nunu Taravesh ham sotilishi ehtimoli bor.

"To'pchilar" "Vest Xem" yarim himoyachisi Deklan Rays uchun kurashda "CHelsi"dan o'zib ketishlariga ishonchi komil, futbolchining transfer narxi 80 mln funtni tashkil qiladi. SHu bilan birga, klub "Brayton" yarim himoyachisi Moyses Kaysedoga etiborini qaratadi.

"Arsenal" kelasi mavsumda jamoa CHempionlar Ligasi talablariga javob beradigan tarkibga ega bo'lishi kerak, deb hisoblamoqda.

Ingliz klubi yozda ushbu mavsumda jarohatlar tufayli juda kam o'ynagan Emil Smit-Rouning kelajagi borasida qaror qabul qilishi kerak, SHuningdek, Killian Mbappedan keyin Liga 1'da to'purarlar poygasida ikkinchi o'rinda borayotgan "Renn" futbolchisi Folarin Balogun masalasida ham bir qarorga kelishi kerak. Balogun hujum chizig'ida uchinchi variant bo'lish uchun Londonga qaytishni istamasa kerak.

"Arsenal" Granit Jaka bilan kelishuv muddatini uzaytirish masalasini ham hal qilishi lozim. Uning amaldagi bitimi 2024 yil yoziga qadar kuchda bo'ladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика