So’nggi yangiliklar

18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  0 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  1 17:37Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   6 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   7 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0 15:19"Ал Иттиҳод" "Арсенал" ярим ҳимоячиси бўйича расмий таклиф юборган  0 15:00⚡️Юсупов ёки Неъматов? Сентябрь ойидаги ўйинларда терма жамоа дарвозасини ким қўриқлайди? Катанец жавоб берди  13 14:18⚡️Сречко Катанец Париж-2024да иштирок этган Ўзбекистон олимпия терма жамоаси ҳақида қандай фикрда?   16 13:53ЖЧ-2026 саралаши. БАА терма жамоасига чақирилган футболчилар рўйхати маълум  5 13:24ЖЧ-2026 саралаши. Эрон бўлажак ўйинлар учун таркибини эълон қилди. Рўйхатда клубсиз футболчилар ҳам бор  8 12:49Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" ўйини ҳақида: "Кечирасизлар, аммо тушунинг, мен Гарри Поттер эмасман"  20 12:23ЖЧ-2026 саралаши. Қатар бўлажак ўйинлар учун таркибини эълон қилди. Рўйхатда Испания клубидан чақирилган футболчи ҳам бор  5 11:54Футзал. Марокаш футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3

"Arsenal"ning navbatdagi murabbiyi - Mikel Arteta haqida maqola Yangiliklar

"Arsenal"ning navbatdagi murabbiyi - Mikel Arteta haqida maqola

Hammasi "Arsenal"ning bo'lajak bosh murabbiyi haqida.

Yakshanba kuni "Arsenal" "Manchester Siti"ga 0:3 hisobida yutqazdi. Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida bosh murabbiy Freddi Yungberg ochiqchasiga shunday dedi: "Mening jamoam va men vaziyatni to'g'irlash uchun qo'limizdan kelganini qilmoqdamiz. Ammo rahbariyat imkon qadar tezroq bosh murabbiy bo'yicha qaror qabul qilishi kerak".

Kechqurun ijrochi direktor Vinay Venkatesham va klub yuristi Guss Faxmi "Arsenal" klubining bosh murabbiyi lavozimiga nomzod Mikel Arteta bilan uzoq vaqt uchrashuv o'tkazdilar. Suhbat yarim kechaga qadar davom etdi, "Arsenal" vakillari London vaqti bilan tunda yani soat birda ispaniyalikning uyidan chiqib ketishgan.


Voqealar rivoji

Unai Emeri ishdan bo'shatilgandan so'ng, "Arsenal" Freddi Yungbergni vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinladi. Malum bo'lishicha, rahbariyatning aniq harakat rejasi yo'q edi, nomzodlarning dastlabki ro'yxati tuzilib, ularning nomlari 12 kishidan iborat edi. Ular Yungbergga vaqt berishgan va shvedning faoliyati ijobiy kechsa, mavsum oxirigacha qoldirmoqchi bo'lishgan.

Umidlar amalga oshmadi, natijalar o'zgarmadi.  Ko'p o'tmay, klubda top-murabbiy uchun pul yo'qligi malum bo'ldi. Vaqt o'tishi bilan turli xil nomlar yangradi - Nunu Santu, Patrik Vieyra, Marselino. Nihoyat Mikel Artetaning nomzodiga murojaat qilindi. 

Birinchi uchrashuv o'tgan hafta "Arsenal" sport direktori Raul Sanllexi bilan bo'lib o'tdi. Ikkinchi uchrashuv "Siti"dan uchralgan 0:3 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin Mikelning uyida Vinay va Guss bilan bo'lib o'tgan. Muzokaralarning yakuniy bosqichi - klub egasining o'g'li Josh Kronke bilan bo'lib o'tishi kerak.


Arteta shaxsiyati

Mikel Arteta - dunyoga mashhur "Barselona" akademiyasi "La Masiya" tarbiyalanuvchisi. O'yinga bo'lgan shiddat va zamonaviy futbol yondashuvi uning qonida bor.

"U ham Pepga o'xshab o'yinni juda yaxshi ko'radi. U aqlli, detallarga juda ehtiyotkorlik bilan qaraydi.  Bu ichki xotirjamlikni yaratadi va diqqat-etiborli bo'lishni taminlaydi. Mikel - barkamol inson", - deydi klub ishchilari ispaniyalik haqida.

«Siti» jamoasining asosiy futbolchilaridan biri: «Uni barcha futbolchilar yaxshi ko'rishadi. Menimcha, u juda xushchaqchaq emas, lekin uning ichida iliqlik hissi bor".

Futbol maydonidan tashqarida Mikel oddiy yigit. Manchester shahrining chekkasida, Didsberi tumanida yashaydi. Bo'sh vaqtlarida uni Uimslou-Rouddagi kafedan topish mumkin.

Mikel Artetaning figurasi ikkita eng katta murabbiy bilan bog'langan. U Arsen Venger boshchiligida o'ynashga muvaffaq bo'lgan. Afsuski, u "Arsenal"da o'tkazgan vaqt francuz murabbiyi faoliyatidagi eng muvaffaqiyatli davr emas edi. Bu Vengerning futboli uslubini to'liq o'rganishga va klubning qimmatbaho ananalari bilan tanishishda unga to'sqinlik qila olmadi.

Futbolchilik faoliyatini tugatgandan so'ng, Mikel darhol Pep Gvardiolaning "Manchester Siti"dagi murabbiylar shtabiga kirdi. Bu 2016 yil 3 iyul kuni malum bo'ldi.

Pep boshchiligida Arteta yosh, tajribasiz murabbiydan yordamchi murabbiygacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi. "Siti"ning maydondagi muvaffaqiyatining ajralmas qismiga aylandi. Va, albatta, biz har hafta dam olish kunlari kuzatadigan chiroyli futbolni yaratishda ishtirok etgan.

Buyuk mutaxassislar bilan ishlagan Mikel ularning har biri oldida hurmat qozondi.

"Avvalo u jamoaning sardori edi, shuning uchun u etakchilik xususiyatlariga ega.  U g'olib. Har kuni Mikelni tomosha qilib, uning futbol faoliyatini tashlab ketmasligiga shubha qilmasdim. Va men uning murabbiylik foliyatini yaxshi bajarishiga ishonaman", - deydi buyuk Arsen Venger.

Mikel ikkita bir-biriga o'xshash taktikani yaxshi biladi. Ispaniyalik o'ziga xos o'yin uslubini tashkil etishi aniq. U ikkita hujumkor uslubning qorishmasini yaratadimi yoki ularning biriga ustunlik beradimi?


Murabbiylik falsafasi

“Mening falsafam oddiy. Men hamma 120% tayyor ekanligiga ishonch hosil qilishim lozim, bu birinchi narsa. Agar tayyor bo'lmasangiz, meni qo'l ostimda o'ynamaysiz. Mashg'ulotlar paytida biz ishlaymiz, o'yin-kulgiga qarshi emasman, buni birinchi bo'lib qo'llab-quvvatlaydigan insonman. Ammo vazifalarni bajarish juda muhimdir. Futbol yorqin bo'lishi va zavq bag'ishlashi kerak.

Biz o'yinni boshqara olishimiz, tashabbusni o'zimizda ushlab turishimiz va tomosha qilishga kelgan odamlarni quvontirishimiz shart. Bunga 100% aminman va men buni uddalay olaman deb o'ylayman" - degandi Mikel Arteta 5 yil oldin futbolga bo'lgan qarashiga oid savolga bergan javobida.   

Keyingi 5 yil ichida ispaniyalik kerakli tajribaga ega bo'lish uchun ko'p ishlarni amalga oshirdi. Endi u buni o'z foliyatida tatbiq etishga tayyor.

Mikel Gvardiola bilan bir xil falsafani ilgari suradi.  Ularning ikkalasi ham "Barselona"dan chiqqan, shuning uchun o'yinni shakllantirishga bo'lgan yondashuv o'xshash bo'lishini kutishimiz mumkin. Albatta, Pep ko'proq shakllangan va o'ziga mos keladigan o'yin uslubiga ega jamoaga kelganida jiddiy farq bor. Gvardiola doimo o'ziga mos o'yinchilarga muhtojligini takidlab keladi.

Artetaning holati ancha murakkab, chunki yangi jamoa bilan to'g'ri aloqani topishi, unga moslashishi kerak. Va shundan so'ng, shaxsiy o'zgartirishlarni birma-bir boshlash mumkin.

Mikel mashg'ulotlar jarayonini juda yaxshi tushunadi va futbolchilarning rivojlanishiga tasir qila oladi.

"Manchester Siti"da Arteta jamoaning mashg'ulotlarida Pepdan ko'ra ko'proq mashg'ulotlarda qatnashadi, u ko'proq kuzatuvchi rolini bajaradi.

Mikel mashg'ulot jarayonini boshqarish qobiliyatidan tashqari, futbolchilarni yaxshilanishiga yordam beradi. "U ko'p o'yinchilarga yordam berdi", - deydi Gabriel Jezus.  "Agar mashg'ulotdan keyin o'z ustimda qo'shimcha ishlamoqchi bo'lsam, unga murojaat qilaman, u keladi va biz birga ishlaymiz. Buni klubdagi barcha futbolchilar bilishadi. U juda ajoyib yigit”.

Fernandino, Jezus, Sterling va Sane rivojlanishlarida Artetaning qo'shgan hissasini qayd etadilar. So'nggi ikkitasining rivojlanishida ayniqsa mutaxassisning o'rni mavjud. Ularning so'zlariga qaraganda Arteta ularga nafaqat o'yin bo'yicha yordam berdi, balki shaxs sifatida o'sishlarida beminnat xizmat qildi.

Mashg'ulot maydonidan tashqarida u tez-tez o'yinchilarni video materiallarini o'rganadigan ofisiga taklif qiladi.

O'tgan oy, shartnomasi tugagani bois Domenek Torrent Sity Group klublaridan biri bo'lgan "Nyu-York Siti"ni tark etdi. U 11 yil (2007-2018) Pep Gvardiolaning yordamchisi edi va u Mikel Arteta murabbiylar shtabiga kirishga qarshi emasligi haqida mish-mishlar tarqalmoqda.

"Arsenal", shuningdek, yoshlar bilan yaxshi ishlaydigan Freddini qo'yib yuborishni istamaydi. Klub ispaniyalik shtabida shved uchun ham joy topilishiga umid qilmoqda.

Mikel texnologiyalar, sport olimlari va tahliliy malumotlar sohasida foliyat ko'rsatadigan insonlar bilan ishlashni xohlaydi.

O'yin falsafasi va zamonaviy nuqtai nazarga ega yosh, umidli murabbiy – aynan "Arsenal"ga juda zarur.

 

Artetani "Arsenal"da nimalar kutmoqda?

Yungbergning «Arsenal» bosh murabbiyi sifatida qisqa muddat ishlagani keyingi murabbiy uchun kim bo'lishidan qatiy nazar qiyin bo'lishini aniq ko'rsatib berdi.

Mikel etarlicha yaxshi bo'lmagan va "Arsenal" kabi futbol brendiga mos kelmaydigan o'yinchilarni topadi. Bu ispaniyalik birinchi bo'lib duch keladigan muammo. Albatta, biz himoyadagi o'yinchilar haqida gapiryapmiz.

"Manchester Siti"da Arteta va Pep maydonni muayyan zonalarga bo'lish nazariyasiga asoslangan va o'yinchilarga har bir hududda qanday harakat qilish kerakligini o'rgatadigan o'yin uslubi ustida ishladilar.

Ushbu jarayonni yo'lga qo'yish uchun vaqt kerak edi. Pepning "shaharliklar" boshqaruvidagi birinchi mavsumini hamma yaxshi eslaydi.

"Arsenal"da Mikel jamoani Freddi Yungberg singari ruhiy jihatdan vayron bo'lgan holatda qabul qiladi. Bunday scenariyda klub mavqeini darhol yaxshilash uchun echim topish juda qiyin bo'ladi.

Mikel, inglizlar aytganidek, "asal oyi"ga ega bo'ladi. Bu qancha vaqt davom etishi ispanga bog'liq. U 5 yilni "Arsenal"da o'tkazdi, muxlislar buni juda yaxshi eslashadi. Artetaga boshlang'ich ishonch krediti berilgan desak bo'ladi. 

Hozirgi munosabat muxlislar to'g'ri yo'nalishdagi o'zgarishlarni ko'rishi bilan tezda tabassum va yuksak qo'llab-quvvatlashlarga aylanadi.

"Arsenal" har doim o'z murabbiylaridan sifatli futbolni talab qiladi. SHuningdek, muxlislar omilini hisobga olish kerak. Jamoadan kutiladigan umidlar o'zgarmay qoladi - TOP-4, CHempionlar Ligasi, chempionlik poygasida kurash.

"Arsenal"da o'ynash uchun sizga katta elkalar kerak", - deydi Terri Anri, har qachongidan jiddiyroq.

Qishki transferlar oynasidagi faollik - muqarrar shartdir. Gvardiola o'z futbolini o'ynay oladigan o'yinchilarni sotib olish uchun 200 million evro sarflagan.

Uning hozirgi yordamchisi uzoq muddatli asosga aylanadigan mustahkam poydevor va hamjihat jamoa tuzish uchun barcha imkoniyatlarga ega.

Maqolamiz so'nggida Arsenal" muxlislari Mikel Artetadan ko'p narsani kutayotganliklarini eslatib o'tamiz hamda bosh murabbiylik yo'lida unga ulkan sabr tilaymiz. Omad, El Artista!


SHerzod Nurmatov tayyorladi. 

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика