So’nggi yangiliklar

01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  14

"Arsenal"ni boshqarish uchun eng yaxshi 10 nomzod Yangiliklar

"Arsenal"ni boshqarish uchun eng yaxshi 10 nomzod

Teglar :  Arsenal
Afsona ketmoqda.

 1996 yildan buyon "Arsenal"ni boshqarib kelayotgan Arsen Vengerning ketishiga OAV ancha vaqtdan buyon tayyorlanayotgandi. Biroq 68 yoshli Arsenning ketishi borasidagi rasmiy xabarni "Arsenal" matbuoti kutilmagan vaqtda chiqardi. Ammo hech kim “Arsenal” ko'prigi qulamoqda” deb yozmayapti.

Bir murabbiy uzoq yillardan buyon jamoani bir boshqarsa, usiz o'sha klubni tasavvur qilib bo'lmaydi. Endi biz "Arsenal"ni boshqarishi mumkin bo'lgan 10 nomzod haqida fikr yuritamiz.

MASSIMILIANO ALLEGRI

"Yuventus" bosh murabbiyi yildan yilga kuchli taktik murabbiy ekanligini ko'rsatib kelmoqda. "Milan"da u Zlatan Ibragimovichning butsalariga ishonib qolmadi, hurmatli insonlardan biriga aylandi. Allegri "Yuve"da 2014 yildan buyon faoliyat olib bormoqda, Allegri istagan paytda vaziyatni o'zgartirishi mumkin. U Italiyada barcha sovrinlarni yutdi, biroq ikki bora ECHLni yutishga yaqin kelgan bo'lsa-da, sovrinni qo'lga kirita olmadi. Finalda "Barselona" va "Real"ga engildi. Buffon ushbu mavsumdan keyin faoliyatini yakunlaydi, Kellini va Barcali yozda Dibalaning ketishini aytishmoqda, Iguain 30 yoshdan oshmoqda, Allegrining o'ziga ham boshqa jamoalardan takliflar bo'lmoqda... Ha, "Arsenal" ayni damda Evropa ligasi g'olibligi uchun kurash olib bormoqda, agar Arsen ketishi oldidan jamoasini ushbu turnirda g'oliblikka erishadigan bo'lsa, keyingi murabbiyga katta meros qoldirishi mumkin. Allegriga esa Angliya jamoasi bilan evrokubokda qatnashish yaxshi chaqiruv bo'la oladi va u "tumanli albion"da o'zini ko'rsatadi.

TERRI ANRI

Balki, aytilayotgan nomzodlar orasida u eng yomon variant deb hisoblanayotgandir. Biroq Anri - klub afsonasi, jamoa tarixidagi eng yaxshi futbolchi va to'purar. U "Sky Sports" telekanalida yaxshi teletanqidchi ekanligini ko'rsata oldi, biroq bu murabbiy bo'lish uchun etarlicha emas. Kanalning eng yaxshi muhbirlaridan biri Gari Nevill bir vaqtlar "Valensiya"da qanday ishlagani ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. O'z vaqtida Nabokov Amerikaning mashhur oliy o'quv yurtiga bosh bo'lish uchun davogarlik qilganida faylasuf Yakobsonga shunday degandi: "Fil - bahaybat hayvonlardan biri, biroq u biologiya kafedrasi tarbiyachisi bo'la olmaydi". Bu gap Nevillga ham tegishli. Anri esa buyuk futbolchilardan biri bo'lgan, u "Arsenal"ni yanada yuksaklikka olib chiqishi mumkin.

KARLO ANCHELOTTI

Oldinroq Anchelotti Angliyada ishlashga qarshi emasligi haqida ochiq oydin aytgandi. Unga "CHelsi"dan qiziqishlar bo'lmoqda. Biroq ayni damda chempion qilgan Konte jamoani boshqarmoqda. "Arsenal"da esa resurslar yo'q. Bir vaqtlar u Mourino yaratgan "mashina"ni ko'p mablag' sarflab ham mukammallashtira olmay saviyasini tushirib yuborgandi.

Hozirda "Arsenal"da moliyaviy imkoniyatlar anchagina yaxshi, klub qishda Obameyangni xarid qildi. Balki shu sababli unga APL varianti qiziqroq bo'lishi mumkin.

Anchelotti "Bavariya"dan ketdi, u erdagilar bilan aloqalarni uzdi. Myunxendagilar mutaxassisning faoliyatidan norozi bo'ldi. Uning mashg'ulot tizimi "Bavariya" kabi grand klubga to'g'ri kelmadi. Aren Robbenning aytishiga ko'ra, "Bavariya" akademiyasidagi o'g'li asosiy jamoadan ko'ra qiziqroq mashg'ulot o'tagan.

Anchelotti - APL uchun yaralgandek. Biroq uning o'zi ushbu ligada ishlashga tayyormikin? U "Arsenal"ni boshqarishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar borasida samimiy munosabatda, biroq ayni damga qadar konkret malumot yo'q.

MIKEL ARTETA

"Arsenal"ning yana bir sobiq futbolchisi. Anriga qaraganda Artetada murabbiylik borasida tajriba bor. U "Manchester Siti"da Pep Gvardiola bilan elkama-elka mehnat qilmoqda. Mikel - "Everton"da ham APLning eng aqlli futbolchilaridan edi. Yaxshi sifatlarini u "Everton"daligidayoq isbotlagan. Ammo bosh murabbiylik kasbi umuman boshqacha va yaxshi murabbiy bo'lish uchun anchagina ishlash kerak.

PATRIK VIEYRA

Mana, yana bir "Arsenal"ning sobiq futbolchisi. Jahon chempioni ayni damda "Nyu-York Siti" jamoasini boshqarmoqda. Agarda unga London jamoasidan taklif tushadigan bo'lsa, buni rad etmasligi deyarli aniq. Vieyra jamoani tark etganiga ancha vaqt bo'lgan, biroq "kanonirlar"ning o'yinlarini kuzatib borishini yashirmadi. Oldinroq u "Arsenal"ning yangi bosh murabbiyi bo'lishi uchun asosiy nomzod sifatida ko'rsatilayotgandi. Biroq hozircha "to'pchilar" matbuoti yangi bosh murabbiyni malum qilmadi.

LEONARDU JARDIM

Angliya, Ispaniya yoki Italiyada ishlamagan qiziqarli variantlardan biri. Jardim "Monako"da ko'zgatashlanmoqda, u jamoasini chempion qildi, ECHL yarim finaligacha olib bora oldi. SHu boisdan uning xizmatlariga katta jamoalardan takliflar bo'lmoqda. Franciyada u yosh futbolchilar bilan ishlashda mahorati katta ekanligini isbotladi. SHuningdek, uning taktikalari ham anchagina kuchli. SHu boisdan Venger fonida u ham yaxshi mutaxassis sifatida ko'rinishi mumkin. O'tgan mavsumda uning jamoasi Gvardiolaning "Manchester"iga yaxshigina dars o'tab, “shaharliklar”ni ECHL pley-offidan "uchirib yuborgandi".

ANTONIO KONTE

U "CHelsi"da so'nggi vaqtlarini o'tkazayotgan bo'lishi mumkin. Balki Konte "CHelsi"dan ketar, biroq Londondan emas. Konte ilk mavsumidayoq Angliya Premer-ligasi g'olibligini qo'lga kiritdi. Biroq endilikda "CHelsi" rahbariyatining unga bo'lgan ishonchi biroz so'ngan. Roman Abramovich har doim jamoasini yuqorida ko'rishni istaydi. U hatto ilk mavsumda "CHelsi"ni chempion qilib, keyingisida yomon natija qayd etsa ham, murabbiyni o'zida ushlab o'tirmaydi. 

Aslida Konte mavsum yarmida istefoga chiqariladigan bo'lsa, rahbariyat unga 9 mln funt kompensaciya pulini olishi kerak. Balki shu sababdan unga chiqish eshiklari ko'rsatilmayotgandir. Agarda mavsum yakunlanganidan keyin istefoga chiqadigan bo'lsa, Konte "kanonirlar" uchun yaxshi nomzod bo'lishi mumkin. 

BRENDAN ROJERS

"Seltik" rahbariyati "Arsenal" Brendan Rojers bilan muzokara olib borayotganiga ishonmaydi. U jamoasini navbatdagi chempionlik sari olib bormoqda. Biroq "Arsenal"dagilarda "Seltik"ka qaraganda kozir qartalar ko'proq. Rojersni biz "Liverpul" va "Suonsi"dagi faoliyati orqali yaxshi bilamiz. "Oqqushlar"da ishlaganida uning jamoasiga "Uels "Barselona"si" degan laqabni qo'yib olishgandi. 2013/14 yilgi mavsumda u "Liverpul"ni chempion qilishi mumkin edi. Biroq Jerardning sirpanib ketishi vaziyatni o'zgartirib yuborgandi. Keyinchalik, Suares "Barselona"ga o'tib ketdi va navbatdagi mavsumda ketma ket omadsizliklar bo'ldi. U o'zi ishlagan jamoalarida har doim 3 himoyachili taktikani tanlaydi. Agarda u "Arsenal"da ishlaydigan bo'lsa, klubga yangi qon olib kira oladi.

TOMAS TUXEL

Ahmoqlik demang! U PSJda ishlashi mumkinligi aytilmoqda, hozircha rasmiy malumot berilmagan, shu boisdan uni ro'yxatga kirgaza olamiz. U "Bavariya"dan taklifni rad etgan. Balki u "Arsenal" bilan kelishib qo'ygandir... Tomas "Maync" va "Borussiya" bilan yaxshi natijalarga erisha olgan. Undan tashqari, Obameyangning ustozi bo'lgan va uni qanday o'ynatish kerakligini biladi. Biroq uning Dortmunddan ketishiga asosiy sababchi bo'lgan "Borussiya" skautlari sobiq boshlig'i Sven Mislinstat ayni damda "Arsenal"da ishlamoqda. Agarda Tuxel "Arsenal" murabbiyligiga borsa, Svenni ishdan ketishini talab qilishi ham mumkin. Va shu orqali u klubdagi iqlimni o'zgartirar.

LUIS ENRIKE

"The Independent" nashri xabariga ko'ra, "Arsenal" ispaniyalik murabbiy bilan muzokaralar o'tkazgan. Hozircha bu rasmiy malumot emas, ikki tomon ham buni tasdiqlamadi. Malumot ishonarlimi? Bilmadik, bu nashr har doim ham aniq xabarlarni bermaydi, biroq uchrashuv bo'lganligi ehtimoli yuqori. CHunki Enrikeni Londonda ko'rishgan.

Enrikening "Barselona"da qilgan ishlarini barcha yaxshi bilsa kerak. Neymar-Messi-Suares uchligi dahshatli o'yin namoyish etardi. SHunisi borki, barcha murabbiy ham APLda birdaniga ishlab keta olmaydi, ammo Enrike juda kuchli mutaxassis.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика