"Arsenal" "Zenit" futbolchisiga qiziqmoqda
10 avg 2020 02:03
Yangiliklar
"Arsenal" "Zenit" futbolchisiga qiziqmoqda
"Zenit" yarim himoyachisi Vilmar Barrios Londonning "Arsenal" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qolgan, deya xabar qildi jeunesfooteux.com.
Avvalroq kolumbiyalik xavbekka "Milan" va "Nyukasl" jamoalari davogarlik qilayotgani to'g'risidagi yangiliklar ham tarqalgan edi. Sankt-Peterburg klubi bosh direktori Aleksandr Medvedev esa 26 yoshli futbolchi har qanday holatda ham sotilmasligini takidlagan.
Malumot uchun, Barrios "Zenit" tarkibiga 2019 yilda Argentinaning "Boka Xuniors" jamoasidan kelib qo'shilgan edi.
Fikrlar