"Arsenal" va MYU "Slaviya" yarim himoyachisi uchun davogarlik qilmoqda
13 may 2021 11:06
Yangiliklar
"Arsenal" va MYU "Slaviya" yarim himoyachisi uchun davogarlik qilmoqda
Praganing "Slaviya" klubi xavbeki Abdalle Sima ikki Angliya klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
19 yoshli afrikalik futbolchi uchun kurashda "Arsenal" va "Manchester Yunayted" klublari ishtirok etmoqda. Senegallik futbolchi 29 million evroga baholamoqda.
Sima Evropa Ligasidagi muvaffaqiyatli ishtiroki sabab etiborni tortdi. Yarim himoyachi joriy mavsum evrokubokda 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Abdalle joriy mavsum 36ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 8ta assist qayd etdi. Uning shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar