So’nggi yangiliklar

17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  1 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  4 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  0 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  1 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  4 15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  8 14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  1 14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  2 13:42Суперлиганинг 21-турини ўтказиб юборадиган футболчилар рўйхати  4 13:19Роналду 30га кирганидан сўнг Португалия сафида 89 та гол урди  14 12:37Ибраима Конате "Ливерпуль"га уч марта "йўқ" деди. Клуб унинг "Реал"га ўтишига кўниб бўлди  10 12:15Бразилия ЖЧ саралашида 5-ўринни эгаллади – бу тарихидаги энг ёмон натижа  3 10:56Ла Лигада ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  6 10:30ФИФА президенти Қатардаги портлашларга муносабат билдирди  13 10:02Қизил карточка, эҳтимолий пенальти ва четлатиш. "Алё, рэф!" ҳакамларнинг Ўзбекистон - Эрон учрашувидаги қарорларини таҳлил қилди  36

Klublar qishki transfer oynasiga tayyorlanishmoqda Yangiliklar

Klublar qishki transfer oynasiga tayyorlanishmoqda

Yana bir necha kundan so'ng Evropada transfer oynasi ochiladi.

Yanvarning sovuq kunlarida bizni qiziqarli va muhim transferlar kutmoqda.

Transfer oynasi qishki bo'lsada, "bozordagi" havo harorati ancha qaynoq bo'lishi turgan gap. Sankciyalarda cho'chigan APL klublari transferlarning bir qismini o'tgan yozdan qishgacha kechiktirgan. Endilikda qator klublar ortiqcha futbolchilar bilan xayrlashib, kerakli poziciyalarga transferlar qilishni maqsad qilgan. "Manchester Siti"ning omadsizliklari raqobatchilarning ham rejalariga tasir qilmoqda. Vaziyatni o'zgartirish uchun yanvarda yana bir imkon bo'ladi. Tabiiyki, boshqa liga vakillari ham jim turmoqchi emas. Keling, taxminimizga ko'ra, bo'lajak bozordagi asosiy ismlar haqida gaplashaylik.


Dushan Vlaxovich ("Yuventus")

"Manchester Siti" darvozasiga gol urishi bilan Dushanga APL klublari direktorlari birdan etibor qaratishdi. Den Eshuort hammasi ularning rejasidagidek ketsa, serbiyalikni "Arsenal"ga olib o'tishi mumkin. Vlaxovich avvalgi menejer Eduning ro'yxatida ham bor edi. Qo'shimchasiga, Vlaxovichning o'zi ham APLga o'tish haqida ancha avvaldan o'ylab yurgani haqida malumotlar bor va shunday bo'lsa, "Yuventus" uni tarkibida olib qolishi qiyin bo'ladi. "Arsenal" yozda Dyokereshni sotib olmadi, ammo londonliklarga "to'qqizlik" juda ham zarur.


Markus Reshford ("Manchester Yunayted")

"Qizil iblislar"ning hozirgi tarkibi muxlislarini haftasiga ikki bor xursand qila oladigan emas. G'alabalar va o'yindagi mikro o'zgarishlar bo'lsada, tarkib ancha tozalanishi ehtimoli juda yuqori. Xayrlashiladigan ro'yxatida esa Reshford birinchilardan bo'lib turgani aytilmoqda. Yaqin o'tmishda Reshford maydonda ham, uning tashqarisida ham o'rnak sifatida ko'rsatilar edi, endi esa... Markus markaziy hujumchi sifatida o'smayapti. Qanot hujumchisi sifatida esa u Amorimga kerak emas. Bunday holatda u bilan xayrlashish mantiqan to'g'ri qaror va uni transferga qo'yishdi. Hozircha moliyaviy istaklari Xarri Keyn darajasida bo'lgan Markusning maoshini hozircha faqat Saudiya Arabistoni klublari to'lashga tayyor.


Frenki de Yong ("Barselona")

Agarda Flik de Yong unga kerakligiga qasam ichsa ham, buyog'iga ishonish qiyin. Germaniyalik yozda o'zi yaxshi taniydigan Gyundogan bilan xayrlashdi, endi navbat de Yongniki. "Barselona" La Liga limitlariga amal qilish uchun ham har bir harakatini etti o'lchab, bir kesmoqda. Olmoni mavsumning ikkinchi qismida ham o'ynatish uchun, hoziroq xayrlashish mumkin bo'lgan kimnidir topish shart. Transfer narxi qimmatligi tufayli de Yong avvaliga ijaraga ketishi ham mumkin. Biroq bu erda yana bir katta muammo futbolchining maoshi. Qiziq jihati, "Barselona" xavbekka pandemiya davridan qolgan qarzini ham to'lab berishi kerak.


Viktor Osimxen ("Galatasaroy")

"Galatasaroy" vada bergan bo'lsada, Viktorni qo'yib yuborishni istamayapti. Futbolchi ijarada va shu sababli bu vaziyatda "Napoli"ning fikri og'irroq tosh bosadi. Biroq turkiyalik muxlislar forvard bilan shu qadar chiqishib oldiki, argentinalik Ikardining og'ir jarohatidan keyin muloyim nigeriyalik jamoaga yordam berish uchun yozgacha qolishi hech gap emas. Osimxenga Turkiyada hammasi yoqyapti, lekin boshqa tomondan bu chempionat daraja jihatidan uning istaklariga mos kelmaydi. Agarda PSJ, "Arsenal" yoki "CHelsi" Viktorga jiddiy qiziqish bildirsa, tomonlar kelisha olsa ajabmas. Mabodo nimadir bo'lib o'xshamasa, yozgacha kutib turishga to'g'ri keladi.


Arda Gyuler ("Real")



Yosh Gyuler va Endrik "Real"da o'zlari kutgan vaqt va tajribaga ega bo'lmadi. Har ikkisi yaxshi variant chiqsa, boshqa klubga ketishdan bosh tortmasa kerak. Hech bo'lmasa malum vaqtga, ijaraga. Agarda braziliyalik Endrikni APLning o'rtamiyona jamoalari ijaraga chaqirayotgan bo'lsa, turkiyalik xavbek "Bayer"ga ko'chib o'tishi mumkin. Peresga bu variant maqul kelishi mumkin. CHunki Don Flo nemislardan Xabi Alonsoga qo'shib, hujumkor xavbeka Vircni ham olib qo'ymoqchi. Gyuler keyinroq Madridga qaytishi kutilayotgan ispaniyalik bilan avvalroqdan ish boshlashi mumkin. Biroq Anchelotti Ardani yanvarda qo'yib yuborishga rozi bo'larmikin?


Mateus Kunya ("Vulverxempton")


Braziliyalik qator boy klublar ro'yxatidan o'rin olgan, sababi mavsumning startini yaxshi o'tkaza oldi. Kunya 8 ta gol urdi va 3 ta assist berdi. Etiborlisi, hujumchi 19-o'rindagi jamoa safida to'p tepmoqda. Bu ham transferni tezlashtiruvchi omil bo'lib xizmat qilishi mumkin. Kunya agarda Luis Enrike hujumchi so'rasa va boshqa biror yulduzni ko'ndira olmasa, PSJga ko'chib o'tishi mumkin. Mateus "bo'rilar"ning eng yaxshi futbolchilaridan biri, "Atletiko"dagi omadsizlikdan keyin esa katta klubda o'zini ko'rsatish uchun unga yana bir imkon kerak.


Pol Pogba (klubsiz)

Jahon chempionini diskvalifikaciya muddati qisqargani quvontirgani aniq. SHu sababli, Pol martdayoq maydonga qaytishi mumkin. "Yuventus" Pogbani qo'yib yubordi. Motta qachonlardir dunyoning eng iqtidorli futbolchilaridan biri bo'lgan Polni yana katta futbolning katta sahnasiga qaytarishga urinib ko'rgisi kelmadi. Francuz hozircha vaqtini sport formasini tiklashga va pullarini advokatlarga sarflamoqda. Uning o'g'rilanishi tarixidan xabardor bo'lsangiz kerak – Pogbaning akasining og'aynilaridan biri Polni olib qochgan va uni qo'yib yuborish uchun 13 million evro talab qilgan. Hozircha Pogba faoliyatini qaerda davom ettirish nomalumligicha qolmoqda, ammo bir narsa aniqki u qaerga borsa ham qiziq bo'ladi.


Antoni ("Manchester Yunayted")



O'ziga joy topa olmayotgan yana bir futbolchi. Antonining "Manchester Yunayted"dagi statistikasi Grilishning "Manchester Siti"dagi oxirgi oylardagi statistikasidan yomon emas. Lekin Gvardiola Jekka ishonadi, Amorim esa yangi jamoasi safida braziliyalikni ko'rmayapti. Bu erda gap faqatgina Antoni aralashib qolgan kriminal ishlarda ham emas. Antoni agar "Ayaks" sobiq bosh murabbiyi qo'l ostida hamma kutayotgan futbolni ko'rsata olmagan bo'lsa, yangi klub izlayvergan maqul. "Qizil iblislar" safida braziliyalikni faqatgina katta maosh ushlab turibdi. Yanvarda ular xayrlashishi kerak.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика