“Arsenal” sobiq hujumchisi Daniya klubidan qo'nim topdi
03 sen 2019 08:56
Yangiliklar
“Arsenal” hamda “Yuventus” sobiq hujumchisi Niklas Bendtner faoliyatini “Kopengagen” klubida davom ettiradigan bo'ldi. Futbolchi daniyaliklar safiga erkin agent sifatida qo'shildi. Uning so'nggi jamoasi Norvegiyaning “Rusenborg” klubi bo'lgandi.
Bendtner daniyalik bo'lishiga qaramaya professional futbolchilik faoliyatida o'z vatanidagi klublarda hali to'p surmagan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar