“Arsenal” sobiq forvardi Garet Sautgeytni keskin tanqid qildi
20 iyu 2021 21:00
Yangiliklar
“Arsenal” sobiq forvardi Garet Sautgeytni keskin tanqid qildi
Sobiq hujumchi Ian Rayt Angliya TJning Evro-2020dagi ishtiroki haqida fikr bildirib, bosh murabbiy Garet Sautgeytni tanqid qildi.
“Sautgeyt nima bilan shug'ullanayotganini tushunamayapman. Nega u Fodenni o'yindan olib tashladi? Fil maydonni tark etmasligi kerak edi.
Jeydon Sancho esa zaxira o'tiribdi. O'tgan mavsum u klub miqyosida 16 ta gol va 20 pasni amalga oshirdi, bizda esa zaxiradan joy olgan. Hujumda kimdir keskinlikni oshirishi kerak-ku axir. Bizdagi futbolchilar Xarri Keynga etarlicha imkoniyat yaratmoqda deb o'ylaydigan kishi bormi?
Ajoyib tarkibimiz bor va Angliya Evroda favorit bo'lishi kerak, ammo men Sautgeyt boshqaruvidagi jamoaning o'yin darajasidan juda xafaman”, deydi Rayt.
O’xshash yangiliklar
08:43
O'zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi o'z mamlakatida 2024 yilning eng yaxshisi bo'ldi 0
Fikrlar