"Arsenal" Reshfordga qiziqib qoldi
06 okt 2022 15:44
Yangiliklar
"Arsenal" Reshfordga qiziqib qoldi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford Londonning "Arsenal" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Angliya terma jamoasi azosining "qizil iblislar" bilan shartnomasi 2023 yilda yakun topadi. MYUda ushbu bitim muddatini yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud.
"To'pchilar" aynan mankunianlarning futbolchi borasida qanday qarorga kelishini kuzatib turibdi. Imkoniyat tug'ilgan taqdirda ular hujumchini o'z tomonlariga og'dirishga urinib ko'radilar.
O'tgan 2021/22 yilgi mavsumda 25 ta o'yinda qatnashib, 4 tagina to'p kiritgan Reshford ushbu mavsumda 7 ta o'yinda 3 ta gol urib bo'ldi.
Fikrlar