"Arsenal" PSJ futbolchisi bilan aloqaga chiqdi
16 jan 2020 10:28
Yangiliklar
"Arsenal" PSJ futbolchisi bilan aloqaga chiqdi
"Arsenal" PSJ himoyachisi Leven Kurzava bilan muzokaralarni boshladi.
Kurzavaga oldinroq "Inter"dan taklif bo'lgan edi, ammo futbolchi APL klublarini afzal bilib A Seriyaga o'tishdan bosh tortgan edi.
Kurzavaning PSJ bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Agar "Arsenal" futbolchi bilan hoziroq shartnoma imzolashni xohlasa, klub PSJga futbolchining ramziy tovon pulini to'lashiga to'g'ri keladi.
Eslatib o'tamiz, 27 yoshli futbolchi PSJga 2015 yilda "Monako"dan o'tgan edi.
Fikrlar