"Arsenal" Pepe bilan xayrlashishga tayyor

Alisher
29 noya 2020, 11:48
Londonning "Arsenal" klubi yaqin transfer oynasida ivuarlik hujumchi Nikolya Pepe bilan xayrlashishga tayyor.

Angliya klubi rahbariyati 25 yoshli futbolchining o'yin uslubi Angliya Premer-ligasi uchun mos emas degan xulosaga keldi.

"Arsenal" Pepe uchun ko'p pul to'langan deb hisoblamoqda. Ivuarlik futbolchi London klubi uchun rekord narxga tushgan - 79 million evro.

Xabarlarga ko'ra, London klubi Pepeni keyinchalik xarid qilish huquqi bilan ijaraga berishga tayyor.

Futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: dailystar.co.uk