"Arsenal" O'zilni A Seriyaning ikki jamoasiga taklif qildi

Mirjalol Normatov
15 yanv 2019, 17:20
"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri yarim himoyachi Mesut O'zilni shu oydayoq sotib yuborishga umid qilmoqda.

TMW xabariga ko'ra, "kanonirlar" bosh murabbiyi pleymeykerni "Inter" va "Yuventus"ga taklif qilgan.

Oldinroq ushbu jamoalar germaniyalikka qiziqish bildirgandi. Hozirda tomonlar futbolchining muzokaralarini boshlashga tayyor turishibdi.

Garchi "Manchester Yunayted" O'zil uchun tovon pulini to'lashga tayyor bo'lsa-da, London jamoasi uni Angliyadan tashqariga sotib yubormoqchi.

Bu mavsumda O'zil APLning 13 o'yinida qatnashdi va 3 gol kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: TMW