"Arsenal" o'yinchisi Lyuis-Skellining uch o'yinlik diskvalifikaciyasi bekor qilindi
28 jan 23:16
Yangiliklar


"Arsenal" o'yinchisi Lyuis-Skellining uch o'yinlik diskvalifikaciyasi bekor qilindi
Angliya futbol associaciyasining Mustaqil tartibga solish komissiyasi "Vulverxempton" (1:0)ga qarshi APL 23-turida olingan qizil kartochkasi sabab "Arsenal" himoyachisi Maylz Lyuis-Skellining uch o'yinlik diskvalifikaciyasini bekor qildi.
Bu haqda London klubi rasmiy sayti xabar berdi.
Xabar qilinishicha, mustaqil Tartibga solish komissiyasi Lyuis-Skellining chetlatilishi xatoligi haqida berilgan apellyaciyani qo'llab-quvvatladi.
Eslatib o'tamiz, London klubi o'yinchisi qarshi hujumni to'xtatish uchun raqib himoyachisi Mett Doertining oyoqlariga butsasining tishlari bilan zarba bergandi. Natijada Oliver Lyuis-Skelliga to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar