"Arsenal" o'yinchisi Gana terma jamoasidan chetlatildi
07 iyu 2021 18:48
Yangiliklar
"Arsenal" o'yinchisi Gana terma jamoasidan chetlatildi
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Tomas Parti Gana terma jamoasi tarkibidan chetlatildi.
Jamoa bosh murabbiyi CHarlz Akonnor mashg'ulotga kechikkani sabab Partini chetlatdi.
Gana terma jamoasi ayni damda Marokash (8 iyun) va Kot-d'Ivuar (12 iyun)ga qarshi o'rtoqlik o'yinlarga tayyorlanmoqda. Qayd etish kerakki, Tomas Parti Gana terma jamoasi vice-sardori hisoblanadi.
Tomas Parti o'tgan yilning oktyarb oyida Londonning "Arsenal" klubiga o'tgandi. Oldinroq, yarim himoyachi "Atletiko"da o'ynagan va ispan klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Fikrlar