“Arsenal” “Norvich” darvozasiga 30 ta zarba yo'lladi
12 sen 2021 09:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/657415_original.jpg)
![](/upload/storage/657415_220.jpg)
“Arsenal” “Norvich” darvozasiga 30 ta zarba yo'lladi
APL 4-turi doirasida “Arsenal” o'z maydonida “Norvich Siti”ni (1:0) taslim etdi.
Mikel Arteta jamoasi uchrashuvda raqib darvozasi tomon 30 ta zarba yo'llashga erishdi. Bu “kanonirlar”ning 2017 yil dekabridan buyon qayd etgan eng yaxshi statistik ko'rsatkichi bo'ldi. O'shanda ular “Manchester Yunayted”ga qarshi (1:3) xuddi shunday natijani ko'rsatishgandi.
“Norvich”ga qarshi bellashuvda darvozaga yo'llangan 30 ta zarbaning faqatgina 7 tasi mo'ljalga aniq etib borgan.
“Arsenal” APLning navbatdagi turini 18 sentyabr kuni “Bernli”ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar