"Arsenal" Mxitaryanning Evropa Ligasi finalini o'tkazib yuborishini tasdiqladi
21 may 2019 16:50
Yangiliklar


"Arsenal" Mxitaryanning Evropa Ligasi finalini o'tkazib yuborishini tasdiqladi
"Arsenal" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan Bokuda o'tadigan Evropa Ligasi finali doirasidagi "CHelsi"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.
"Biz Mikining Bokuda o'ynashi uchun hamma variantlarni ko'rib chiqdik, ammo bu masala oilasi bilan muhokama qilinganidan so'ng uning Bokuga bormasligi oydinlashdi.
Miki bizning eng ahamiyatli o'yinchilarimizdan biri, shunday futbolchi o'ynamasligi biz uchun katta yo'qotish bo'ladi.
SHu kabi holatlar tufayli futbolchi Evropa Ligasi finalini o'tkazib yuborishi juda ham alamli. Futbolchilarning karerasida bunaqasi kamdan-kam sodir bo'ladi. Miki Bokuga ketgunimizga qadar biz bilan shug'ullanib turadi", - deyiladi "kanonirlar" xabarida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar