"Arsenal" muxlislari MYUga qarshi o'yinda farzandidan ayrilgan Ronalduni qo'llab-quvvatlashdi
23 apr 2022 17:13
Yangiliklar


"Arsenal" muxlislari MYUga qarshi o'yinda farzandidan ayrilgan Ronalduni qo'llab-quvvatlashdi
"Arsenal" Angliya Premer-ligasi 34-turida o'z maydonida "Manchester Yunayted"ni mehmon qilmoqda.
"Emireyts"dagi uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida oldinda borishmoqda. Ushbu bahs saytimizda matnli translyaciya qilinmoqda.
"Arsenal" ishqibozlari 7-daqiqada "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduni qarsaklar sadosi ostida qo'llab-quvvatlashdi. Oldinroq portugaliyalik forvard yangi tug'ilgan farzandidan ayrilgandi.
Bundan avval maxsus akciyani "Liverpul" muxlislari uyushtirishgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar