"Arsenal" hujumchisi yozda klubni tark etishi mumkin
05 dek 2018 14:14
Yangiliklar


"Arsenal" hujumchisi yozda klubni tark etishi mumkin
"Arsenal" hujumchisi Denni Uelbek katta ehtimol bilan yozda klubni tark etadi.
Malumotlarga ko'ra, klub forvard bilan 2019 yilning yozida tugaydigan shartnomani uzaytirmoqchi emas. SHunday qilib, futbolchi erkin agentga aylanadi va boshqa jamoaga tekinga o'tishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Uelbek "Sporting"ga qarshi Evropa ligasi bahsida jiddiy jarohat olgan edi.
28 yoshli Uelbek 2014 yilda 20 mln. evro evaziga "Manchester Yunayted"dan "Arsenal"ga o'tgan edi. Joriy mavsum u APLning 8ta uchrashuvida maydonga tushdi va 1ta gol urib, 1ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar