Uelbek shartnomasini uzaytirdi

Mirjalol Normatov
27 iyun 2021
"Brayton" forvard Denni Uelbek bilan shartnomaning yana bir yilga uzaytirilganligini ma'lum qildi.

30 yoshli futbolchi 2020 yilning oktyabr oyida klub bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolagandi. 

O'tgan mavsumda u jamoa tarkibida 24 o'yinda 6 gol va 3 assist qayd etdi.

Forvard "Arsenal" va "Manchester Yunayted"dagi faoliyati bilan barchaga mashhur.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/officialbhafc