

“Arsenal” himoyachisi Nacho Monreal yozgi transferlar vaqtida Kataloniyaga ko'chib o'tishi mumkin, deya xabar beradi Football Espana. "Barselona" asosiy tarkib a'zosi Xordi Albaning o'rnini to'ldiruvchi sifatida Monrealning nomzodini ko'rib chiqmoqda.
Agar kelishuv amalga oshsa, “Barselona” londonliklar himoyachisini tekinga qo'lga kiritadi. Sababi, ispaniyalik futbolchining “Arsenal” bilan shartnomasi yozda yakunlanib, u erkin agent maqomiga o'tadi.
Shuningdek, “ko'kanorranglilar” Filipe Luis (“Atletiko”) va Alberto Moreno (“Liverpul”) kabi himoyachilarga ham qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.



