"Arsenal" futbolchisining onasi konteynyerda yashaydi FOTO

Mirjalol Normatov
4 mar 2018, 18:36
"Arsenal" rahbariyati 20 yoshli yarim himoyachisi Eynsli Meytlend-Naylsning maoshini haftasiga 30 ming funtgacha ko'tarib yubordi.

Oqibatda Eynsli akasi bilan birga 700 ming funtli xonadonni ijaraga olishdi.

Bu vaqtda futbolchining onasi 38 yoshli Juli Nayls metall zavodidagi 3 kvadrat metrli konteynyerda yashamoqda. Har tunda Juli zavod qorovulxonasiga uxlagani boradi, deb yozadi Mirror.

"Bu yerda hojatxona va yuvinish xonalari, umuman olganda hech qanday sharoit yo'q.
O'g'lim menga bemalol uy sotib olib berishi mumkin edi. Biroq uni pul boshini aylantirdi. U "Arsenal"da o'ynaydigan bo'lsa, mening oldimga kelmasin. Shu orqali noto'g'ri ish qilayotganini bilsin", - dedi Juli.

"Arsenal" vakillari esa ushbu xabarni muhokama qilishni rad etishdi.

Bu mavsumda Meytlend-Nayls "Arsenal" tarkibida 9 o'yinda maydonga tushgan.


O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Mirror