“Arsenal” futbolchisini pichoqlagan jinoyatchi: “Uning hayoti yaxshi, meniki yomon bo'lgani uchun unga hujum qildim”
30 okt 2022 08:55
Yangiliklar
“Arsenal” futbolchisini pichoqlagan jinoyatchi: “Uning hayoti yaxshi, meniki yomon bo'lgani uchun unga hujum qildim”
"Arsenal"ning ispaniyalik himoyachisi, joriy mavsumda "Monca"da ijarada o'ynayotgan Pablo Mari Milandagi savdo markazida pichoqlangan edi.
Hozirda uning holati yaxshi ekanligi aytilmoqda.
Surishtiruvlar natijasida 46 yoshli Andrea Tombolini inshootda bo'lgan 6 kishini pichoq bilan yaralagan va ulardan biri (kassir)ning hayotiga zomin bo'lgan. Hujum tasodifiy bo'lgani xabar qilingandi, ammo qotil futbolchiga hasad qilganini aytib o'tdi.
“Unga pichoq urdim, chunki uning hayotida barchasi yaxshi, ammo menda unday emas. Men o'zimni to'xtatmoqchi bo'ldim, ammo keyin nima bo'lganini tushuna olmadim. SHunchaki, pichoq bilan unga va yonidagi odamlarga tashlandim”, degan jinoyatchi.
Fikrlar