"Arsenal" Dani Alves va Pedro uchun "Barselona"ga 38 mln funt taklif qilishga tayyor
11 noy 2014 13:47
Yangiliklar


"Arsenal" Dani Alves va Pedro uchun "Barselona"ga 38 mln funt taklif qilishga tayyor
Londonning "Arsenal" klubi "Barselona"ning ikki futbolchisi - Dani Alves va Pedro Rodrigesga qiziqib qolgan.
Bu ikki futbolchi uchun "to'pchilar" rahbariyati ispan klubiga 38 mln funt to'lashga tayyor.
31 yoshli Alvesning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2015 yilning yozida tugaydi va tomonlar kelishuvni uzaytirmoqchi emas. Pedro esa Luis Suaresning xarididan so'ng asosiy tarkibdagi joyini yo'qotgan.

Fikrlar