"Arsenal" CHexning o'rniga boshqa posbon topib qo'ydi
15 mar 2019 00:12
Yangiliklar


"Arsenal" CHexning o'rniga boshqa posbon topib qo'ydi
"Arsenal" "Bernli" darvozaboni Nik Poupni jamoaga jalb etmoqchi.
"The Sun" xabariga ko'ra, "kanonirlar" ushbu mavsumda faoliyatini tugatadigan Petr CHexning o'rniga boshqa posbon qidirmoqda.
Poup 2016 yildan buyon "Bernli" sharafini himoya qilmoqda. Uning jamoa bilan shartnomasi 2020 yilda yakunlanadi. Nikning transer narxi 10 million evroga baholanmoqda.
Bu mavsumda posbon 3 o'yinda qatnashdi va 5 gol o'tkazib yubordi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar