"Arsenal" "Brentford"dan o'ch oldi

Sherzod Nurmatov
2 sen 2021, 19:58
Faqat yopiq eshiklar ortida.

"Arsenal" Kolnidagi qarorgohida "Brentford" bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazdi va yirik g'alabaga erishdi (4:0).

Uchrashuvda terma jamoalariga yo'l olmagan deyarli barcha futbolchi qatnashdi. Jarohatdan qaytgan Ben Uayt hamda Gabriel asosiy tarkibda maydonga tushdi. Braziliyalik 46-daqiqada hisobni ochdi. 60-daqiqadagi ikkinchi golga Aleksandr Lyakazett mualliflik qilgan bo'lsa, chap qanot himoyachisi sifatida harakatlangan himoyachi Sedrik Soaresh 76 va 89-daqiqada raqib darvozasiga to'p kiritib, dublga erishdi. 

"Arsenal" tarkibi: Ramsdeyl, Chembers, Uayt (Xatchinson, 76), Mari, Gabriel (Xolding, 69), Sedrik, Meytlend-Naylz, El-Nenni (Patino, 33), Martinelli, Lyakazett, Pepe.

Eslatib o'tamiz, "Arsenal" mavsumning ochilish o'yinida sensacion ravishda "Brentford"ga yutqazgan edi (0:2).

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: arsenal.com