"Arsenal" Belerinni sotishi va "Norvich"dan Aaronsni xarid qilishi mumkin
29 apr 2021 16:51
Yangiliklar
"Arsenal" Belerinni sotishi va "Norvich"dan Aaronsni xarid qilishi mumkin
"Arsenal" himoyachisi Ektor Belerin klubdan ketishi mumkin.
Londonliklar klubdan ketishni xohlayotgan 26 yoshli ispaniyalik futbolchini sotishga va "Norvich" himoyaichisi Maks Aaronsni xarid qilishga tayyorlar.
Belerin joriy mavsum "Arsenal" safida 32ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi.
21 yoshli angliyalik futbolchi esa CHempionshipda 43ta o'yinda harakat qilib, 2ta gol va 4ta assist qayd etishga erishdi.
Fikrlar