“Arsenal” antirekord qayd etdi
26 fev 2018 01:21
Yangiliklar


“Arsenal” antirekord qayd etdi
“Kanonirlar” Angliya liga kubogi finalida “Man Siti”ga mag'lub bo'ldi.
SHu tariqa klub Liga kubogining antirekordini o'rnatdi. “Arsenal” Liga kubogi finalida 8 bor ishtirok etib, 6 bor mag'lubiyatga uchragan. Bunday natija kubok tarixida qayt etilmagan edi. “Arsenal” 1968, 1969, 1988, 2007, 2011, 2018 yilgi finallarda mag'lub bo'lgan klub sifatida tarixga kirdi. Jamoa faqat ikki bor 1987 va 1993 yil kubok finalida g'alabaga erishgan. Arsen Venger esa ushbu musobaqa finalida 3 bor mag'lubiyat alamini totib ko'rishga majbur bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar